Qaysi reklama sotuv keltiryapti? Kreativ bo‘yicha hisobot
CAPI Platform (capip.uz) hisoboti Meta’dagi reklama xarajatini CRM’dagi (Bitrix24, amoCRM yoki capiCRM) natija bilan bitta jadvalga qo‘yadi. Har bir kreativ, e’lon, ad set va kampaniya bo‘yicha: qancha pul ketdi, nechta lid keldi, nechtasi sifatli chiqdi, nechta sotuv bo‘ldi va bitta mijoz qanchaga tushdi. Ads Manager lid narxini ko‘rsatadi, bu hisobot — qaysi reklama sotuv keltirayotganini.
- Xarajat, lid, CPL, sifatli lid, CPQL, sotuv, CAC, tushum va ROAS — bitta jadvalda
- Kreativ, e’lon, ad set va kampaniya kesimida
- Qatorlar emas, odamlar sanaladi
- Bitrix24, amoCRM yoki capiCRM bilan ishlaydi

Lid narxi zo‘r. Sotuv-chi?
Ads Manager’dagi hisobot lidda tugaydi. Sotuv esa CRM’da bo‘ladi — qo‘ng‘iroq, uchrashuv va to‘lovdan keyin.
Yozishma — tasvir uchun; raqamlar — real hisobotdan (avtomaktab, 02–08.10.2026). Ikkalasi ham o‘z raqamida haq: biri reklama kabinetiga qarayapti, ikkinchisi — CRM’ga. Hisobot ikkala raqamni bitta qatorga qo‘yadi.
- Bu hafta 863 ta lid keldi. Sotuv — 36 ta.
- Lid narxi 1,03 $. Zo‘r natija-ku.
- Mana shu reklama: 79 ta lid, 0 ta sotuv.
- Ads Manager’da u “eng yaxshi” reklama bo‘lib turibdi.
79 ta lid — 0 ta sotuv. 77 ta lid — 5 ta sotuv
Birinchi kreativ lidni 0,87 $ dan beryapti: Ads Manager’da bu “eng yaxshi” reklama. CRM’da undan bitta ham sotuv yo‘q. Ikkinchisida lid 1,28 $ — 47 % qimmat, lekin natijasi boshqa: 77 ta lid, 26 tasi sifatli, 5 ta sotuv. Ikkalasi bitta loyihada, bitta haftada ishlagan — farqni faqat CRM’dagi natija ko‘rsatadi.
- Lid narxi bo‘yicha saralasangiz — birinchi kreativ yutadi.
- Sotuv bo‘yicha saralasangiz — ikkinchisi.
- Jadvalda ustun sarlavhasini bosib, istalgan ko‘rsatkich bo‘yicha saralaysiz.

386 $ — sotuv bermagan 23 ta kreativga
Avtomaktab, 02–08.10.2026. Haftalik xarajat — 885 $; shundan 44 % bitta ham sotuv keltirmagan kreativlarga ketgan.
- sotuvsiz kreativlarga ketdibyudjetning 44 %
- 386 $
- kreativ pul sarfladi, sotuv bermadi
- 23
- sotuv — shu haftadabitta mijoz narxi (CAC) — 24,58 $
- 36
- ROASCRM’da qayd etilgan tushum — 5 297 $
- 5,99×
Bu — bitta loyihaning bitta haftasi, natija va’dasi emas. Sotuvsiz kreativning hammasi ham yomon emas: yangi kreativning lidlari hali to‘lovgacha yetmagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun hisobotda ikki hisoblash usuli bor — ular quyida.
Hisobot nimani ko‘rsatadi
Sarfdan sotuvgacha hisobot — reklama xarajatini CRM’dagi natija bilan bog‘laydigan jadval: xarajat → lid → sifatli lid → sotuv, har bir kreativ uchun alohida. O‘ng ustunda — avtomaktabning bir haftasi.
| Ko‘rsatkich | Qanday hisoblanadi | Avtomaktab, 02–08.10.2026 |
|---|---|---|
| Xarajat | Meta’dan olinadi, har soatda yangilanadi | 885 $ |
| Lidlar | CRM’ga tushgan va aniq e’longa bog‘langan odamlar | 863 |
| CPL — bitta lid narxi | xarajat ÷ lidlar | 1,03 $ |
| Sifatli lidlar | CRM’da “sifatli lid” deb belgilangan bosqichga yetganlar | 335 (39 %) |
| CPQL — bitta sifatli lid narxi | xarajat ÷ sifatli lidlar | 2,64 $ |
| Sotuvlar | CRM’da sotuv bosqichiga o‘tganlar | 36 |
| CAC — bitta mijoz narxi | xarajat ÷ sotuvlar | 24,58 $ |
| Tushum | CRM’da qayd etilgan bitim summalari, hisobot valyutasida | 5 297 $ |
| ROAS | tushum ÷ xarajat | 5,99× |
Qo‘shimcha ustunlar: ko‘rsatishlar, kliklar, CTR, CPC, CPM, sifat % va sifatsiz lidlar. Narx ko‘rsatkichlari faqat reklamaga bog‘langan lidlar bo‘yicha hisoblanadi: o‘zi kelgan mijoz yoki reklamaga bog‘lanmagan qo‘ng‘iroq reklama xarajatiga yozilmaydi.
Lid → sifatli lid → sotuv: pul qayerda qolyapti
Voronka bloki davrni uch qadamga ajratadi. Avtomaktabda shu hafta: 863 ta lid, 335 tasi sifatli (39 %), 36 ta sotuv. Strelkadagi foiz — keyingi bosqichga o‘tganlar ulushi. Yuqori qatorda reklama lidlari, pastki qatorda CRM’dagi hamma lid turadi.
- Sifat foizi past — savol reklamaga: u kimni olib kelyapti?
- Sifatli lid ko‘p, sotuv kam — savol sotuv bo‘limiga.
- Qaysi bosqich “sifatli lid”, qaysi biri “sotuv” — CRM voronkangizga qarab bir marta belgilanadi.
- Meta o‘zi shu haftada 863 ta lidni ko‘rdi, 36 ta sotuvning birortasini ko‘rmadi. Buni Conversions API hal qiladi.

Hisobotni qanday kesimda ko‘rish mumkin?
Kreativ, e’lon, ad set, kampaniya
Guruhlash bitta tugma bilan almashadi. “Kreativ nomi” ko‘rinishida bir xil nomli e’lonlar birlashadi — kreativ bir nechta ad setda ishlasa, eng to‘g‘ri manzara shu.
Davr va taqqoslash
Bugun, kecha, 7 kun, 30 kun, shu yoki o‘tgan hafta va oy, istalgan oraliq. Taqqoslash: o‘tgan davr, o‘tgan oyning shu kunlari yoki boshqa davr bilan — har katakda o‘zgarish ko‘rinadi.
Qator emas, odam
Bir odam avval forma to‘ldirib, keyin qo‘ng‘iroq qilsa — CRM’da ikki yozuv, hisobotda bitta odam: takroriy lidlar telefon bo‘yicha birlashadi. Sotuv uni birinchi olib kelgan reklamaga yoziladi. Bitrix24’dagi Lid → Bitim ham bitta lid.
Bog‘lanmagan lidlar yashirilmaydi
Qaysi e’londan kelgani aniqlanmagan lidlar kanal bo‘yicha alohida chiqadi — yonida sababi va nima qilish kerakligi. Lidlarning necha foizi aniq e’longa bog‘langani ham yozib qo‘yiladi.
“E’tibor bering” bloki
Hisobot o‘zi aytadi: qaysi kreativlar byudjetning 5 % va undan ko‘pini sarflab, bitta ham sifatli lid bermadi, qaysilarida sifatli lid eng arzon, CPQL o‘tgan davrga nisbatan qanday o‘zgardi.
Jadvalning o‘zidan to‘xtatish
Kreativni shu yerda ko‘rasiz, e’lon, ad set yoki kampaniyani esa jadvaldan to‘xtatasiz yoki qayta yoqasiz. Bu faqat egasi va adminga ochiq; Meta tokenida
ads_managementruxsati kerak.
Sotuv qaysi haftaga yoziladi? Ikki hisoblash usuli
Lid bugun keladi, to‘lov esa uch haftadan keyin bo‘lishi mumkin. Shuning uchun “bu hafta nechta sotuv bo‘ldi?” degan savolning ikkita to‘g‘ri javobi bor. Hisobotda ikkalasi ham bor, bitta tugma bilan almashadi.
| Davrdagi hodisalar | Kogorta (lid yaratilgan sana) | |
|---|---|---|
| Nimani sanaydi | Shu kunlarda kelgan lidlar, shu kunlarda sifatli bo‘lganlar va shu kunlarda to‘lov qilganlar — lid qachon kelganidan qat’i nazar | Shu davrda yaratilgan lidlar va ularning bugungi natijasi: sifatli bo‘ldimi, sotib oldimi |
| Qaysi savolga javob | Bu hafta nima bo‘ldi? | Shu hafta kelgan lidlar oxiri nima bo‘ldi? |
| Qachon ishlatiladi | Haftalik yakun: CRM’dagi haftalik raqamlar bilan shu usul mos keladi | Kreativni baholash: lidlari to‘lovgacha yetib ulgurgach |
Bu hisobot bilan har hafta nima qaror qilasiz
Haftada bir marta, shu tartibda. Maqsad — pulni lid narxiga emas, sotuvga qarab taqsimlash.
- 1
O‘tgan haftani oching, kreativ nomi bo‘yicha guruhlang
Taqqoslashni “o‘tgan davr bilan” qo‘ying: har katakda oldingi hafta raqami va o‘zgarish chiqadi.
- 2
Sifatli lid bermayotganlarni to‘xtating
“E’tibor bering” bloki byudjetning 5 % va undan ko‘pini sarflab, bitta ham sifatli lid bermagan kreativlarni o‘zi ko‘rsatadi. O‘quv markaz misolida (02–08.10.2026) sifatli lid bir kreativda 2,20 $, boshqasida 71,40 $ turdi — 32 baravar farq.
- 3
Sotuv bo‘yicha saralang, pulni sotayotganlarga o‘tkazing
Sotuv va CAC ustunlariga qarang. Avtomaktabda lidi 47 % qimmat kreativ 5 ta sotuv berdi, lidi 0,87 $ lik kreativ — 0 ta.
- 4
CPQL o‘zgarishini tekshiring
CPQL o‘tgan haftadan qimmatlashgan bo‘lsa, kesimni kampaniyaga almashtiring: qaysi kampaniya hisobiga ekani jadvalda ko‘rinadi.
- 5
Ma’lumot to‘liqligini ko‘ring
Lidlarning necha foizi e’longa bog‘langan, nechta sotuvda summa yo‘q? Bular oqsasa, avval hisobni tuzating: reklamalardagi UTM shabloni, lid forma sahifasi, menejerlar kiritadigan summa.
- 6
Xulosani jamoaga yuboring
Shu hisobotning qisqa ko‘rinishi Telegram’ga har kuni, har hafta yoki har oy o‘zi boradi: eng yaxshi kreativlar va sifatli lidsiz ketgan xarajat bilan.
Hisobot telefonda ham ochiladi
Hisobot brauzerda ishlaydi — kompyuterda ham, telefonda ham; alohida ilova o‘rnatish shart emas. Telefonda jadval kartalarga aylanadi: kreativni bossangiz, batafsil raqamlari ochiladi.
- Rahbar yo‘lda ham ko‘radi: xarajat, lid, sifatli lid, sotuv.
- Targetolog mijozga skrinshot emas, jonli hisobotni ko‘rsatadi.
- Interfeys o‘zbek, rus va ingliz tilida.

Shu raqamlar yana qayerda ishlaydi
Conversions API
Hisobotdagi sifatli lid va sotuv Meta’ga signal bo‘lib qaytadi: QualifiedLead va Purchase.
Telegram hisobotlar
Kunlik, haftalik yoki oylik xulosa — guruhga yoki shaxsiy chatga.
Qaysi kreativ sotadi
Kreativni lid bilan emas, sotuv bilan baholash — batafsil maqola.
CPL, CPQL, CAC, ROAS
To‘rt ko‘rsatkich bitta voronkada: formulalar va hisoblash misoli.
Keyslar
Avtomaktab va o‘quv markaz: 7 va 30 kunlik raqamlar.
Narxlar
O‘rnatish — 159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $.
Hisobot haqida savollar
Bu hisobotning Ads Manager’dan farqi nima?
Ads Manager reklama ichida nima bo‘lganini ko‘rsatadi: ko‘rsatishlar, kliklar, lidlar va lid narxi. Lid sifatli chiqdimi, sotib oldimi — bu CRM’da. CAPI Platform hisoboti ikkalasini bitta qatorga qo‘yadi: har bir kreativ yonida sifatli lidlar, sotuvlar, CAC va ROAS turadi.
Hisobot qaysi CRM va qaysi reklama bilan ishlaydi?
CRM: Bitrix24, amoCRM yoki platformaning o‘z CRM’i — capiCRM; bitta loyihaga bitta CRM ulanadi. Reklama manbai — faqat Meta (Facebook va Instagram). Batafsil: integratsiyalar.
Hisobot qachondan to‘la boshlaydi?
CRM ulangan kuni oxirgi 30 kunlik tarix hisobotga yuklanadi, shuning uchun taqqoslaydigan raqam birinchi kundanoq bo‘ladi. Eski lidlar Meta’ga yuborilmaydi — ular faqat hisobot uchun.
Direct, WhatsApp yoki qo‘ng‘iroqdan kelgan lidlar-chi?
Ular hisobotda bor, lekin kanal bo‘yicha — “Reklamaga bog‘lanmagan lidlar” qismida, sababi bilan. Platforma ularni e’longa avtomatik bog‘lamaydi. Istisno: shu odam avval Meta lid formasini to‘ldirgan bo‘lsa, telefon bo‘yicha o‘sha reklamaga yoziladi. Meta lid formasidan kelgan lidlar aniq bog‘lanadi; sayt lidlari — reklama havolasidagi UTM (e’lon ID’si) orqali.
Hisobotdagi raqamlar CRM’dagi raqamlar bilan mos keladimi?
“Davrdagi hodisalar” usuli CRM’dagi haftalik raqamlar bilan mos keladi. Bitta farq bo‘lishi mumkin: hisobot qatorlarni emas, odamlarni sanaydi — bir odamning takroriy lidlari telefon bo‘yicha birlashtiriladi.
Menejerlar bitim summasini kiritmasa, ROAS qanday chiqadi?
Tushum — CRM’da qayd etilgan summa, shuning uchun kiritilmagan summa tushum va ROAS’ni kamaytiradi. Hisobot nechta sotuvda summa yo‘qligini ko‘rsatadi. Sozlamalarda standart sotuv summasini belgilasangiz, summasiz sotuvlar shu summa bilan hisoblanadi.
CRM so‘mda, reklama dollarda. Tushum qanday hisoblanadi?
Sozlamalarda hisobot valyutasi va CRM valyutasi alohida belgilanadi. Kurs O‘zbekiston Markaziy bankidan avtomatik olinadi — har bir sotuv o‘z kunining kursi bilan — yoki uni o‘zingiz kiritasiz. Tushum hisobot valyutasiga o‘giriladi va xarajat bilan bitta valyutada turadi.
Narxi qancha?
O‘rnatish — 159 $, bir marta: 3 kunda CRM ulanadi, bosqichlar signallarga bog‘lanadi va sinov signali yuboriladi. Keyin oyiga 40 $: CAPI, shu hisobot, Telegram hisobotlar va oyiga 4 000 lidgacha lid integratsiyasi. Batafsil: narxlar.
Qaysi reklamangiz sotayotganini o‘z raqamlaringizda ko‘ring
Google akkauntingiz bilan ro‘yxatdan o‘tib, Meta va CRM’ni o‘zingiz ulang — yoki ariza qoldiring: 3 kunda ulab beramiz. O‘rnatish 159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $.