Asosiy matnga o‘tish
Integratsiya · amoCRM (Kommo)

amoCRM’ni Instagram va Facebook reklamasiga ulash: lid formadan sotuvgacha

CAPI Platform (capip.uz) amoCRM’ni Meta reklamasi — Facebook va Instagram — bilan ikki tomonlama ulaydi. Lid formani to‘ldirgan odam amoCRM’ga bitim va kontakt bo‘lib tushadi. Bitim “sifatli lid” yoki “sotuv” bosqichiga o‘tganda, Meta’ga Conversions API orqali QualifiedLead yoki Purchase signali ketadi. Ulanish — uzoq muddatli token bilan; amocrm.ru, amocrm.com va kommo.com akkauntlari mos. Sayt formalari amoCRM’ga yozilmaydi.

  • Lid forma → amoCRM: bitim va kontakt, odatda bir daqiqa ichida
  • Voronka bosqichi → Meta: Lead, QualifiedLead, Purchase
  • Kreativ bo‘yicha hisobot: xarajat → lid → sifatli lid → sotuv
  • Sayt formalari amoCRM’ga ulanmaydi — buni oldindan aytamiz
Voronka sozlamalari: CRM’dagi sifatli lid bosqichi hisobotda “Sifatli lid” deb belgilangan va Meta’ga QualifiedLead eventini yuboradi.
Voronka sozlamalari: “sifatli lid” bosqichiga QualifiedLead signali bog‘langan. Dastur ekrani, misol loyihadan; amoCRM loyihasida bu yerda o‘z voronkangiz bosqichlari turadi.
Qisqacha

amoCRM bilan nima ishlaydi, nima ishlamaydi?

amoCRM loyihasida signallar, lid yetkazish, hisobot va Telegram ishlaydi. Bitta narsa ishlamaydi: sayt formasidagi arizani platforma amoCRM’ga yozmaydi.

ImkoniyatamoCRM bilanIzoh
Voronka bosqichi → Meta signali: Lead, QualifiedLead, PurchaseHaBosqichni bir marta belgilaysiz; bitim shu bosqichga kirganda signal ketadi
Meta lid formasidagi lidlar → amoCRMHaBitim va kontakt bo‘lib, qaysi e’londan kelgani bilan
Kreativ bo‘yicha hisobotHaXarajat — Meta’dan; lid, sifatli lid va sotuv — amoCRM’dan
Telegram hisobotlar va ogohlantirishlarHaKunlik, haftalik yoki oylik; nosozlik bo‘lsa — alohida xabar
Oxirgi 30 kunlik tarixHaFaqat hisobotga yuklanadi; eski lidlar Meta’ga yuborilmaydi
Sayt formasidagi arizalar → amoCRMYo‘qPlatformaning sayt formalari faqat Bitrix24 va capiCRM bilan ishlaydi
Direct, WhatsApp va qo‘ng‘iroq lidlarini e’longa bog‘lashAvtomatik emasHisobotda kanal bo‘yicha, sababi bilan ko‘rinadi
Meta’dan boshqa reklama manbalariYo‘qFaqat Meta: Facebook va Instagram

Bitta loyihaga bitta CRM ulanadi. Uch CRM’ning to‘liq taqqosi — integratsiyalar sahifasida.

amoCRM → Meta

amoCRM va Conversions API: bosqich Meta’ga qanday boradi?

amoCRM’da bitim bosqichdan bosqichga o‘tadi, lekin Meta buni ko‘rmaydi: u faqat forma to‘ldirilganini biladi. CAPI Platform’ning “Voronka” sahifasida amoCRM’dagi har bir voronka o‘z bosqichlari bilan jadval bo‘lib chiqadi. Har bosqichga ikki narsa beriladi: hisobotdagi ma’nosi (yangi lid, sifatli lid, sotuv, sifatsiz lid) va, kerak bo‘lsa, Meta’ga ketadigan signal. amoCRM webhook’i bitim shu bosqichga kirganini xabar qilishi bilan signal navbatga tushadi va darhol yuboriladi.

  • Birinchi taxminni platforma qo‘yadi: voronkaning birinchi ochiq bosqichi — Lead, «Успешно реализовано» — Purchase. “Sifatli lid” bosqichini siz belgilaysiz.
  • Bitta lid bo‘yicha har bir signal bir marta ketadi — bitim bosqichlar orasida oldinga-orqaga yursa ham.
  • Bitim to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv bilan yopilsa, Purchase bilan birga QualifiedLead ham yuboriladi.
  • Purchase bitim summasi (amoCRM’dagi «Бюджет») bilan ketadi, reklama akkaunti valyutasiga o‘girilib. Summa yozilmagan bo‘lsa — summasiz.
  • Ulanishdan oldingi bitimlar Meta’ga yuborilmaydi: tarix faqat hisobot uchun.
Conversions API qanday ishlaydi
Voronka sozlamalari: “Sotuv” deb belgilangan ikki bitim bosqichi Meta’ga Purchase eventini yuboradi.
Voronka sozlamalari: sotuv bosqichlariga Purchase signali bog‘langan. Dastur ekrani, misol loyihadan.
Misol

Qaysi bosqichga qaysi signal? Misol voronka

Quyida — oddiy amoCRM voronkasi va unga mos belgilash. Bosqich nomlari sizda boshqacha bo‘ladi, mantiq esa o‘sha: Meta’ga uchta savolning javobi kerak — lid keldimi, sifatli chiqdimi, sotib oldimi.

amoCRM bosqichiHisobotdagi ma’nosiMeta’ga signal
Yangi arizaYangi lidLead
Bog‘lanildi——
Uchrashuv belgilandiSifatli lidQualifiedLead
To‘lov kutilmoqdaSifatli lidQualifiedLead — bir lidga baribir bir marta ketadi
«Успешно реализовано»SotuvPurchase, bitim summasi bilan
Maqsadli emasSifatsiz lid—
Misol: amoCRM bosqichlari va Meta signallari

Signal bilan Meta’ga nima ketadi: event nomi va vaqti, telefon va e-mailning SHA-256 xeshi, Meta lid ID’si, bor bo‘lsa — Meta klik belgilari (_fbc, _fbp); sotuvda — summa va valyuta. Ism yuborilmaydi. amoCRM’dan o‘qilgan telefon va e-mail platformada ham faqat xesh va qisman yashirilgan raqam ko‘rinishida saqlanadi.

Meta → amoCRM

Facebook va Instagram lid formasidagi lid amoCRM’ga qanday tushadi?

Meta lid formasini (Instant Form) to‘ldirgan odam amoCRM’da bitim va kontakt bo‘lib paydo bo‘ladi. Platforma Meta’dan webhook oladi va formani har daqiqada o‘zi ham tekshiradi — lid odatda bir daqiqa ichida yetib boradi. Sozlamalar to‘liq: lid yetkazish.

  • Bitim va kontakt

    Har bir lid — bitta bitim va unga biriktirilgan kontakt. Shu telefon yoki e-mail bilan kontakt amoCRM’da bor bo‘lsa, yangisi ochilmaydi: bitim mavjud kontaktga ulanadi.

  • Voronka, bosqich, mas’ul

    Har bir forma uchun alohida: lid qaysi voronka va bosqichga tushadi, kim mas’ul, bitim nomi qanday yig‘iladi. Tayyor sozlamani boshqa formadan nusxalash mumkin.

  • Qaysi reklamadan kelgani

    UTM qiymatlari amoCRM’ning UTM maydonlariga yoziladi: utm_campaign — kampaniya nomi, utm_content — e’lon ID’si, utm_term — ad set nomi. Meta lid ID’si va e’lon ID’si siz tanlagan maydonlarga tushadi; bitimga “Facebook Lead Ads” tegi qo‘yiladi.

  • Formadagi javoblar

    Har bir javobni amoCRM maydoniga bog‘lash mumkin; hamma javob bitimga izoh («Примечание») bo‘lib ham yoziladi. Maydon qiymatni qabul qilmasa, bitim baribir ochiladi — javob izohda qoladi.

  • Ikki marta yozilmaydi

    Bitta Meta lidi — bitta bitim: har bir lid Meta’dagi ID’si bo‘yicha yagona hisoblanadi. Yetkazish forma yoqilgan paytdan boshlanadi — yoki oxirgi 3 kun ichidagi siz tanlagan liddan. Eski integratsiyani avval o‘chiring, aks holda lidlar ikki marta tushadi.

  • amoCRM javob bermasa

    Yozishga qayta uriniladi — 1 daqiqadan 24 soatgacha oraliq bilan. Lid 15 daqiqa kutib qolsa, Telegram’ga ogohlantirish keladi. Javoblar qayta urinish uchun 7 kun shifrlangan holda saqlanadi, keyin o‘chiriladi.

Ochiq aytamiz

Sayt formalari amoCRM’ga ulanmaydi. Yana nima ishlamaydi?

Bu sayt lidlari hisobotdan tushib qoladi degani emas. Saytingiz arizani amoCRM’ga o‘zi yozsa — qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin — platforma o‘sha bitimni amoCRM’dan o‘qiydi. UTM maydonlari avtomatik o‘qiladi: reklama havolasida utm_content — e’lon ID’si bo‘lsa, lid o‘sha reklamaga bog‘lanadi. Bosqich o‘zgarganda signal ham ketadi.

  • Direct, WhatsApp, Telegram va qo‘ng‘iroq lidlari e’longa avtomatik bog‘lanmaydi. Ular hisobotda kanal bo‘yicha, sababi bilan ko‘rinadi. Istisno: odam avval Meta lid formasini to‘ldirgan bo‘lsa, telefon bo‘yicha o‘sha reklamaga yoziladi.
  • Instagram Direct yozishmalarini amoCRM’ga ulash — CAPI Platform ishi emas: bu amoCRM (Kommo) tomonida sozlanadi.
  • Bosqichlar o‘zi belgilanmaydi. Qaysi bosqich sifatli lid, qaysi biri sotuv — buni bir marta siz belgilaysiz; biz ulab bersak — siz bilan birga.
  • Webhook amoCRM’da qo‘lda qo‘shiladi. Platforma uni amoCRM’da o‘zi ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi; manzil va belgilanadigan hodisalar ulash sahifasida turadi.
  • Bitta loyiha — bitta CRM. Ikkinchi biznes yoki ikkinchi amoCRM akkaunti uchun alohida loyiha ochiladi.
  • Faqat Meta. Google Ads, TikTok va Yandex ulanmaydi.
Kommo’ning o‘z integratsiyasi

Kommo’ning o‘z Meta CAPI integratsiyasi nimani qamraydi?

amoCRM xalqaro bozorda Kommo nomi bilan ishlaydi. Kommo yordam markazida uning o‘z Meta Conversions API integratsiyasi tasvirlangan (hujjat 19.05.2026 da yangilangan). “Kommo” ustunida — o‘sha hujjatda yozilgani, “CAPI Platform” ustunida — platforma qiladigan ish. Ikkalasi turli vazifani yechadi.

Kommo’ning o‘z integratsiyasi — hujjatiga ko‘raCAPI Platform
Qaysi lidlar uchunInstagram, Messenger va WhatsApp Cloud API manbalaridan kelgan murojaatlarMeta lid formalaridagi lidlar; amoCRM’dagi telefon, e-mail yoki fbclid’i bor boshqa bitimlar
EventlarIkkita: Lead va PurchaseUchta: Lead, QualifiedLead, Purchase; o‘z nomingizdagi event ham mumkin
Nima ishga tushiradiVoronka bosqichi yoki SalesbotVoronka bosqichi
Natija qayerda ko‘rinadiMeta Events Manager’daEvents Manager’da, platformadagi eventlar jurnalida va kreativ bo‘yicha hisobotda
Lid formalarKommo Facebook lid formalaridagi lidlarni o‘zi qabul qiladi — integratsiya sahifasiga ko‘ra, barcha tariflarda. CAPI hujjatida bunday lidlar tilga olinmaganLid amoCRM’ga yoziladi va shu lid bo‘yicha signal ketadi
Reklama xarajati bilan hisobotHujjatda tilga olinmaganBor: xarajat → lid → sifatli lid → sotuv, kreativ kesimida
NarxiHujjatda: 1-iyundan boshlab integratsiya faqat Pro tarifidaO‘rnatish 159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $ — narxlar

Manbalar sahifa oxirida; 09.10.2026 da tekshirilgan. Tarif nomi va shartlarini Kommo’ning joriy narxlar sahifasidan aniqlang. amocrm.ru akkauntlarida bu integratsiya bor-yo‘qligini biz tekshirmaganmiz — o‘z akkauntingizda qarang. Asosiy kanalingiz yozishma reklamasi (Direct, WhatsApp) bo‘lsa, Kommo’ning integratsiyasi aynan shuni qamraydi: CAPI Platform bunday lidlarni e’longa avtomatik bog‘lamaydi.

Ulash tartibi

amoCRM qanday ulanadi? 6 qadam

Biz ulab bersak — 3 kun: 159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $ (narxlar). Sizdan amoCRM’ga va Meta reklama akkauntiga kirish kerak. O‘zingiz ulasangiz ham tartib shu: ro‘yxatdan o‘tish Google orqali ochiq.

  1. 1

    amoCRM’da uzoq muddatli token oling

    amoCRM → «Настройки» → «Интеграции» → shaxsiy integratsiya yarating → «Ключи и доступы» → «Долгосрочный токен». Token platformada shifrlangan holda saqlanadi.

  2. 2

    Loyihaga amoCRM’ni ulang

    “Ulanishlar” sahifasida amoCRM manzilini (masalan, kompaniya.amocrm.ru; amocrm.com va kommo.com ham qabul qilinadi) va tokenni kiriting. Voronkalar va bosqichlar o‘qiladi, oxirgi 30 kunlik tarix hisobotga yuklanadi. Eski lidlar Meta’ga yuborilmaydi.

  3. 3

    amoCRM’ga webhook qo‘shing

    amoCRM → «Настройки» → «Интеграции» → Webhooks: platforma bergan manzilni qo‘shing va uchta hodisani belgilang — «Сделка добавлена», «Сделка изменена», «Статус сделки изменён». Shundan keyin bosqich o‘zgarishi platformaga o‘sha zahoti yetib keladi.

  4. 4

    Meta’ni ulang

    Meta System User tokeni va Dataset (Pixel) ID kiritiladi. Token reklama statistikasini va lid formalarni o‘qishga ruxsat berishi kerak — ruxsatlar ulash paytida tekshiriladi.

  5. 5

    Bosqichlarni signallarga bog‘lang

    “Voronka” sahifasida qaysi bosqich sifatli lid, qaysi biri sotuv ekanini belgilang. Bu bir martalik ish: ikki-uch bosqichni belgilaysiz, qolgani o‘zi ishlaydi.

  6. 6

    Sinov signalini yuboring, keyin lid formalarni yoqing

    Sinov eventi token, dataset va yo‘lni bitta zararsiz signal bilan tekshiradi. Har bir lid forma alohida yoqiladi: avval ko‘rib chiqish oynasida oxirgi 3 ta real lid amoCRM’ga qanday yozilishini ko‘ring — telefonlar yashirilgan, hech narsa saqlanmaydi. Lidlarni hozir boshqa integratsiya yetkazayotgan bo‘lsa, avval uni o‘chiring.

Tekshirish

Signal Meta’ga yetganini qayerdan bilasiz?

“CAPI eventlar” sahifasida Meta’ga ketgan har bir signal turadi: vaqti, event nomi va holati — navbatda, yuborildi, xato yoki o‘tkazib yuborildi. Xato bo‘lsa, signal 1 daqiqadan 24 soatgacha oraliq bilan qayta yuboriladi. Shu sahifada amoCRM’dan kelgan webhook’lar jurnali ham bor: bosqich o‘zgarishlari kelmay qolsa, birinchi shu yerga qaraladi.

  • Telefon, e-mail, Meta lid ID’si yoki fbclid’i yo‘q bitim o‘tkazib yuboriladi — sababi yonida yoziladi.
  • amoCRM jim qolsa yoki ulanishda xato chiqsa, Telegram’ga ogohlantirish keladi — muammo ogohlantirishlari yoqilgan bo‘lsa.
  • Sinov eventi kodi maydoni bor: signalni Events Manager’ning test bo‘limida ko‘rasiz.
CAPI eventlari jurnali: Meta’ga yuborilgan Purchase, Lead va QualifiedLead eventlari, har biri “Yuborildi” holatida.
CAPI eventlar jurnali: vaqt, event va holat. Dastur ekrani, misol loyihadan.

amoCRM integratsiyasi haqida savollar

amoCRM’ga Instagram’ni CAPI Platform orqali ulasa bo‘ladimi?

Instagram va Facebook reklamasidagi lid formalarni — ha: lid amoCRM’ga bitim va kontakt bo‘lib tushadi, voronkadagi natija esa Meta’ga signal bo‘lib qaytadi. Instagram Direct yozishmalarini amoCRM’ga ulash — boshqa vazifa: u amoCRM (Kommo) tomonida sozlanadi, CAPI Platform buni qilmaydi.

amocrm.ru, amocrm.com va kommo.com akkauntlari ulanadimi?

Ha, uchalasi ham. Ulanish uchun akkaunt manzili va uzoq muddatli token kerak; token amoCRM’da shaxsiy integratsiya ichida olinadi va platformada shifrlangan holda saqlanadi. Bitta loyihaga bitta akkaunt ulanadi.

Sayt formasidagi arizalar amoCRM’ga tushadimi?

Yo‘q. Platformaning sayt formalari faqat Bitrix24 va capiCRM’ga yozadi. Saytingiz arizani amoCRM’ga o‘zi yuborsa, platforma o‘sha bitimni amoCRM’dan o‘qiydi, UTM bo‘yicha reklamaga bog‘laydi va bosqich o‘zgarganda Meta’ga signal yuboradi.

amoCRM’dagi eski bitimlar Meta’ga yuboriladimi?

Yo‘q. Ulanganda oxirgi 30 kunlik tarix faqat hisobotga yuklanadi. Signal ulangandan keyin belgilangan bosqichga kirgan bitimlar bo‘yicha ketadi; 7 kundan eski voqealar umuman yuborilmaydi — Meta ularni qabul qilmaydi.

Kommo’ning o‘z Meta CAPI integratsiyasi bor-ku. CAPI Platform nimaga kerak?

Kommo hujjatiga ko‘ra, uning integratsiyasi Instagram, Messenger va WhatsApp Cloud API manbalari uchun ishlaydi va ikki event yuboradi: Lead va Purchase. CAPI Platform lid forma lidlari bilan ishlaydi, QualifiedLead’ni ham yuboradi va natijani reklama xarajati yonida, kreativ kesimida ko‘rsatadi. Asosiy kanalingiz yozishma bo‘lsa — Kommo’ning integratsiyasi mos; lid forma bo‘lsa — CAPI Platform.

amoCRM’ni ulash qancha vaqt oladi va qancha turadi?

Biz ulab bersak — 3 kun: 1-kuni amoCRM ulanadi va 30 kunlik tarix yuklanadi, 2-kuni bosqichlar siz bilan birga signallarga bog‘lanadi, 3-kuni sinov signali ketadi. O‘rnatish 159 $ bir marta (lid integratsiyasi shu narxga kiradi), keyin oyiga 40 $: CAPI, hisobot, Telegram hisobotlar va oyiga 4 000 lidgacha lid integratsiyasi. Batafsil: narxlar.

Manbalar

Kommo haqidagi ma’lumotlar uning o‘z sahifalaridan olingan; 09.10.2026 da tekshirilgan.

  1. 1Meta Conversions API (CAPI) integratsiyasini sozlash — Kommo yordam markazi — Kommo
  2. 2Facebook lid formalari integratsiyasi — Kommo — Kommo

amoCRM’dagi sotuvlar Meta’ga qaytsin

Google akkauntingiz bilan ro‘yxatdan o‘tib, amoCRM va Meta’ni o‘zingiz ulang — yoki ariza qoldiring: 3 kunda ulab beramiz. O‘rnatish 159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $.