Asosiy matnga o‘tish
Telegram hisobotlar

Reklama hisoboti Telegram’ga: lid, sifatli lid va sotuv bitta xabarda

CAPI Platform (capip.uz) Meta reklama hisobotini Telegram’ga o‘zi yuboradi — guruhga yoki shaxsiy chatga, har kuni, har hafta yoki har oy, siz tanlagan soatda. Xabarda xarajat, lidlar, sifatli lidlar, sotuvlar va tushum turadi, yonida — CPL, CPQL, CAC va ROAS. Xarajat Meta’dan, natija CRM’dan (Bitrix24, amoCRM yoki capiCRM) olinadi. Ulanish uzilsa yoki lid CRM’ga yetib bormasa, ogohlantirish ham shu chatga keladi.

  • Har kuni, har hafta yoki har oy — tanlangan soatda, o‘zbek, rus yoki ingliz tilida
  • Bitta xabarda: xarajat, lid, sifatli lid, sotuv va tushum — CPL, CPQL, CAC, ROAS bilan
  • Eng yaxshi kreativlar va sifatli lidsiz ketgan xarajat
  • Nosozlik boshlanganda, davom etsa har kuni va tuzalganda — xabar
Reklama hisoboti
  • CAPI PlatformAvtomaktab · Haftalik hisobot · 2 — 8-oktabr
  • Xarajat — 885 $
  • Lidlar — 863 · CPL 1,03 $
  • Sifatli — 335 · 39 % · CPQL 2,64 $
  • Sotuvlar — 36 · CAC 24,58 $
  • Tushum — 5 297 $ · ROAS 5,99×
Tanish holat

«Kechagi natijani tashlab yuboring»

Hisobot qo‘lda yig‘ilsa, u ikki joydan olinadi: xarajat va lidlar — Ads Manager’dan, sotuvlar — CRM’dan.

Yozishma — tasvir uchun. Skrinshotdagi hisobot lid narxida tugaydi, sotuvlar esa boshqa joyda turadi. CAPI Platform ikkala manbani bitta xabarga qo‘yadi va belgilangan soatda o‘zi yuboradi — hech kim so‘ramasa ham.

Rahbar
  • Kechagi reklama natijasini guruhga tashlab yuboring.
  • Hozir. Ads Manager’dan skrinshot olaman.
  • Lid soni kerak emas. Nechtasi sifatli chiqdi, nechta sotuv bo‘ldi?
  • Bu CRM’da. Sotuv bo‘limidan so‘rab, kechgacha yuboraman.
Xabar tarkibi

Hisobot xabarida qaysi raqamlar bor?

Telegram hisobot — davr yakuni bitta xabarda: beshta raqam, yonida CPL, CPQL, CAC va ROAS hamda oldingi davrga nisbatan o‘zgarish. Xarajat reklama kabinetidan, qolgan to‘rttasi CRM’dan olinadi — shuning uchun hisobot lidda tugamaydi.

QatorNimani ko‘rsatadiQayerdan olinadiAvtomaktab, 02–08.10.2026
XarajatDavr ichida Meta reklamasiga ketgan pulMeta reklama akkaunti885 $
Lidlar · CPLAniq e’longa bog‘langan lidlar va bitta lid narxiCRM va Meta863 · 1,03 $
Sifatli · CPQLCRM’da «sifatli lid» bosqichiga yetganlar, ularning ulushi va bitta sifatli lid narxiCRM bosqichlari335 · 39 % · 2,64 $
Sotuvlar · CACSotuv bosqichiga o‘tganlar va bitta mijoz narxiCRM bosqichlari36 · 24,58 $
Tushum · ROASCRM’da qayd etilgan bitim summalari va ularning xarajatga nisbatiCRM’dagi bitim summalari5 297 $ · 5,99×

Haqiqiy xabarda har bir qator yonida yana bir ustun bor — ±%: oldingi davrga nisbatan o‘zgarish (kunlik hisobotda — undan oldingi kunga, haftalikda — o‘tgan haftaga, oylikda — o‘tgan oyga). Namunada u ko‘rsatilmagan. Qaysi bosqich «sifatli lid», qaysi biri «sotuv» ekani loyihaning voronka sozlamalarida bir marta belgilanadi.

Xabarning pastki qismi

Qaysi kreativ ishladi, qaysi biri pul sarflab, sifatli lid bermadi

Beshta raqam ostida hisobot kreativlarni nomma-nom aytadi. Ular lid narxi bo‘yicha emas, sifatli lidlar bo‘yicha saralanadi: lid arzon bo‘lib, sifatli lid qimmat chiqishi mumkin. O‘quv markazda 02–08.10.2026 haftasida bitta sifatli lid bir kreativda 2,20 $, boshqasida 71,40 $ turdi — 32 baravar farq.

  • Eng yaxshi kreativlar — sifatli lidi eng ko‘p 3 tagacha kreativ (jadvalli ko‘rinishda — 5 tagacha): sifatli lidlar soni va CPQL.
  • Sifatli lidsiz sarf — davr xarajatining 5 % va undan ko‘pini sarflab, bitta ham sifatli lid bermagan kreativlar: qancha pul ketgani va nechta lid kelgani.
  • CRM’da jami — CRM’dagi hamma lid va ulardan nechtasi reklamaga bog‘lanmagani; kanallar bo‘yicha ochiladi: lid forma, sayt, Direct / WhatsApp, Telegram, qo‘ng‘iroq.
  • Summasi yozilmagan sotuvlar — nechta sotuvda bitim summasi yo‘q: tushum va ROAS shuncha kam ko‘rinadi.
  • «Batafsil hisobot» tugmasi — shu davrning to‘liq hisobotini platformada ochadi.
To‘liq hisobot qanday ko‘rinadi
O‘quv markaz hisobotidagi ikki kreativ: birida sifatli lid narxi (CPQL) 2,20 $ — 94 ta liddan 85 tasi sifatli, ikkinchisida 71,40 $ — 24 ta liddan 2 tasi sifatli.
O‘quv markaz, 02–08.10.2026: ikki kreativ — sifatli lid 2,20 $ va 71,40 $. Dastur ekrani.
Yuborish vaqti

Hisobot qachon keladi va qaysi davrni qamraydi?

Har bir chat uchun alohida belgilanadi: davriylik, soat va hisobot tili. Vaqt loyihaning vaqt mintaqasi bo‘yicha hisoblanadi.

HisobotQachon keladiQaysi davrNima bilan taqqoslanadi
KunlikHar kuni, tanlangan soatdaKechagi kunUndan oldingi kun
HaftalikTanlangan hafta kunida, tanlangan soatdaKecha tugagan 7 kunUndan oldingi 7 kun
OylikHar oyning 1-kunida, tanlangan soatdaO‘tgan oy to‘liqUndan oldingi oy

Masalan, haftalik hisobot juma kuniga qo‘yilgan bo‘lsa, 09.10.2026 dagi xabar 02–08.10.2026 kunlarini qamraydi — yuqoridagi namuna aynan shu hafta. Davrda xarajat ham, lid ham bo‘lmasa, hisobot shuni yozadi: «Bu davrda xarajat ham, lid ham yo‘q».

Ulash

Telegram chat qanday ulanadi?

Olti qadam. Chatni loyihani o‘zgartira oladigan rol ulaydi: ega, admin yoki a’zo.

  1. 1

    Botni chatga qo‘shing

    Platformadagi «Telegram hisobotlar» sahifasida bot nomi ko‘rsatilgan. Uni guruhga qo‘shing yoki shaxsiy chatda oching.

  2. 2

    Kod oling

    Shu sahifada «Kod olish» tugmasini bosing. Kod 15 daqiqa amal qiladi.

  3. 3

    Kodni o‘sha chatga yuboring

    /connect KOD buyrug‘ini hisobot kelishi kerak bo‘lgan chatning o‘ziga yozing. Bot «Ulandi» deb javob beradi.

  4. 4

    Yuborish vaqtini belgilang

    Davriylik (har kuni, har hafta yoki har oy), soat, hafta kuni va hisobot tili: o‘zbek, rus yoki ingliz. Ko‘rinish — klassik: u har qanday Telegram ilovasida ochiladi; jadvalli ko‘rinish yangi va hozircha hamma ilovada ochilmaydi.

  5. 5

    Kerakli xabarlarni yoqing

    Ikki alohida tugma: «Yangi lidlar haqida darhol xabar berish» va «Nosozliklar haqida xabar berish». Boshida ikkalasi ham o‘chiq turadi.

  6. 6

    Sinov hisobotini yuboring

    «Sinov hisobotini yuborish» tugmasi real raqamli xabarni darhol yuboradi: belgilangan vaqtni kutmasdan ko‘rinishini tekshirasiz.

Hisobotdan tashqari

Chatga yana nima keladi?

Bu xabarlar «Yangi lidlar haqida darhol xabar berish» tugmasi yoqilgan chatga keladi. Nosozlik ogohlantirishlari alohida yoqiladi — ular pastda.

Ogohlantirishlar

Platforma qaysi nosozliklar haqida xabar beradi?

«Nosozliklar haqida xabar berish» yoqilgan chatga platforma uch holatda yozadi: nosozlik boshlanganda, davom etsa — kuniga bir marta, va tuzalganda. Xabarda faqat son va xato matni bo‘ladi, mijozlar ma’lumoti — yo‘q. Ostida «Ochish» tugmasi turadi: u muammo tuzatiladigan sahifaga olib boradi.

XabarQachon keladiQayerda tuzatiladi
Meta ulanishida xatoToken yoki ruxsat xatosi 10 daqiqadan ko‘p davom etsaUlanishlar
Meta statistikasi yangilanmayaptiMeta’dan 6 soat davomida statistika olinmasaUlanishlar
Meta ruxsatining muddati tugayaptiRuxsat muddatli bo‘lib, tugashiga 7 kundan kam qolsaUlanishlar
CRM ulanishida xatoCRM kaliti yoki ulanish xatosi 10 daqiqadan ko‘p davom etsaUlanishlar
CRM jimCRM’dan 24 soat davomida birorta o‘zgarish kelmasaUlanishlar
CAPI eventlari Meta’ga ketmayaptiSignal ikkinchi urinishda ham ketmasa yoki xato bilan tugasaCAPI eventlar
Lidlar CRM’ga yetib bormayaptiLid 15 daqiqadan ko‘p kutsa yoki yetkazish xato bilan tugasaLid formalar
Lid formalarini Meta’dan o‘qib bo‘lmayaptiMeta yoqilgan formani o‘qishga bermasa: yangi lidlar Meta’da kutib qoladiLid formalar
Pul ketyapti, lid yo‘qBugun reklama pul sarflagan, lekin soat 13:00 ga kelib ham CRM’da bugungi lid bo‘lmasaHisobot
Platformaning fon ishlari to‘xtaganPlatformaning o‘z rejali ishlari — hisobot, sinxronlash, lidlarni tekshirish — to‘xtab qolsaPlatforma jamoasi

Bir lahzalik uzilish xabar bo‘lmaydi: ulanish xatosi 10 daqiqa davom etgandagina aytiladi, tuzalgani haqida esa nosozlik odatda 30 daqiqa qaytmagach yoziladi (Meta ulanishi uchun — 2 soat). Lidlar yo‘li batafsil — lid integratsiyasi sahifasida, signallar — Conversions API sahifasida.

Telegram hisobotlar haqida savollar

Telegram hisobotda qaysi raqamlar bo‘ladi?

Beshta asosiy raqam: xarajat, lidlar, sifatli lidlar, sotuvlar va tushum. Yonida — CPL, CPQL, CAC, ROAS va oldingi davrga nisbatan o‘zgarish. Pastida: eng yaxshi kreativlar, sifatli lid bermay pul sarflagan kreativlar, CRM’dagi jami lidlar va summasi yozilmagan sotuvlar soni. To‘liq jadval — hisobotda.

Hisobot guruhga keladimi yoki shaxsiy chatgami?

Ikkalasiga ham. Bitta loyihaga bir nechta chat ulanadi, har birining o‘z yuborish vaqti, tili va tugmalari bo‘ladi. Masalan: rahbarning shaxsiy chatiga — kunlik hisobot, mijoz guruhiga — haftalik, sotuv bo‘limi guruhiga — yangi lid xabarlari. Hisobot tili har bir chat uchun alohida tanlanadi: o‘zbek, rus yoki ingliz.

Qaysi CRM va qaysi reklama bilan ishlaydi?

CRM: Bitrix24, amoCRM yoki platformaning o‘z CRM’i — capiCRM; bitta loyihaga bitta CRM ulanadi. Reklama manbai — faqat Meta (Facebook va Instagram). Batafsil: integratsiyalar.

Yangi lid kelganda Telegram’ga xabar keladimi?

Ha, agar chatda «Yangi lidlar haqida darhol xabar berish» yoqilgan bo‘lsa. Meta lid formasidagi ariza CRM’ga tushishi bilan chatga yoziladi: ism, telefon, forma, e’lon va kampaniya nomi, javoblar va «CRM’da ochish» tugmasi. Bu platforma CRM’ga yetkazadigan lidlarga tegishli; Direct, WhatsApp yoki qo‘ng‘iroqdan kelgan lidlar haqida bunday xabar kelmaydi.

Hisobotda mijozlarning ismi yoki telefoni bo‘ladimi?

Davriy hisobotda va nosozlik xabarlarida — yo‘q: ularda faqat sonlar, kreativ nomlari va xato matni bor. Yangi lid xabarida esa ism, telefon va javoblar bo‘ladi, capiCRM eslatmasida — vazifa matni va lid nomi. Shuning uchun bu ikki xabarni sotuv bo‘limi chatiga yo‘naltiring. Ma’lumotlar haqida batafsil — maxfiylik siyosatida.

Botga savol yozsa, javob beradimi?

Yo‘q. Hisobot boti bitta buyruqni tushunadi — /connect KOD: u chatni loyihaga ulaydi. Qolgan vaqtda bot faqat yuboradi. Savollar uchun aloqa sahifasidagi yordam botiga yozing.

Hisobot kelmay qolsa, nima qilish kerak?

«Telegram hisobotlar» sahifasida har bir chat yonida oxirgi yuborilgan vaqt va, xato bo‘lsa, uning matni ko‘rinadi. Bot guruhdan chiqarib yuborilgan bo‘lsa, platforma shu chatni o‘chirib qo‘yadi: botni qaytarib qo‘shing va chatni qayta yoqing. «Sinov hisobotini yuborish» tugmasi yetkazishni darhol tekshiradi.

Hisobot e-mailga ham keladimi?

Yo‘q. Platforma e-mail yubormaydi: hisobot va ogohlantirishlar faqat Telegram’ga keladi, to‘liq hisobot esa brauzerda ochiladi — kompyuterda ham, telefonda ham.

Telegram hisobotlar qancha turadi?

Alohida narxi yo‘q. O‘rnatish — 159 $, bir marta: 3 kunda CRM ulanadi, bosqichlar signallarga bog‘lanadi va sinov signali yuboriladi. Keyin oyiga 40 $: CAPI, hisobot, Telegram hisobotlar va oyiga 4 000 lidgacha lid integratsiyasi. Batafsil: narxlar.

Reklama hisobotini Telegram’da oling — sotuvlari bilan

Google akkauntingiz bilan ro‘yxatdan o‘tib, Meta, CRM va chatni o‘zingiz ulang — yoki ariza qoldiring: 3 kunda ulab beramiz. O‘rnatish 159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $; Telegram hisobotlar shu narx ichida.