Asosiy matnga o‘tish
Lug‘at

CPQL (sifatli lid narxi)

Ta’rif

CPQL (cost per qualified lead) — bitta sifatli lid narxi: reklama xarajatining sotuv bo‘limi CRM’da sifatli deb tasdiqlagan lidlar soniga nisbati. Lid narxidan (CPL) farqi — yuborilgan har bir arizani emas, faqat saralangan odamni sanaydi.

Yana shunday yoziladi: CPQL, cpql nima, sifatli lid narxi, bitta sifatli lid narxi, maqsadli lid narxi, kvalifikatsiyalangan lid narxi, cost per qualified lead, сифатли лид нархи, CPQL нима, стоимость квалифицированного лида

CPQL nima va nimani o‘lchaydi?

CPQL “reklama kerakli odamni olib kelyaptimi?” degan savolga javob beradi. U CPL bilan CAC orasida turadi va sotuvdan ancha oldin ma’lum bo‘ladi: menejer lid bilan gaplashib, CRM’da bosqichini o‘zgartirgan zahoti. Shuning uchun yangi kreativni birinchi haftada baholashga eng yaroqli raqam — shu.

CPQL qanday hisoblanadi?

Formula · CPQL — bitta sifatli lid narxi (cost per qualified lead)

CPQL = reklama xarajati ÷ sifatli lidlar soni

Misol: Avtomaktab, 02–08.10.2026: 885 $ ÷ 335 ta sifatli lid = 2,64 $.

Shu haftada 863 ta liddan 335 tasi sifatli chiqdi — 39 %. Shuning uchun CPQL lid narxidan 2,6 baravar qimmat: 1,03 $ emas, 2,64 $. Qaysi lid sifatli ekanini reklama kabineti bilmaydi — CRM’dagi bosqich biladi. Demak, CPQL uchun ikki narsa kerak: “sifatli” deb kelishilgan bosqich va har bir lidning o‘z e’loniga bog‘langani. CAPI Platform hisoboti shu ikkisini birlashtirib, CPQL’ni har bir kreativ yonida ko‘rsatadi.

Misol: bitta loyiha ichida 32 baravar farq

LoyihaLidlarSifatli lidlarSifat %CPLCPQL
Avtomaktab86333539 %1,03 $2,64 $
O‘quv markaz68533048 %3,61 $7,49 $
Ikki loyiha, 02–08.10.2026

O‘rtacha raqam ichida farq katta. O‘quv markazda sifatli lid bir kreativda 2,20 $ ga, boshqasida 71,40 $ ga tushgan — 32 baravar. Lid narxi deyarli teng ikki kreativning (2,79 $ va 2,97 $) birida 14 ta liddan birortasi ham sifatli emas, ikkinchisida 24 ta liddan 18 tasi sifatli.

O‘quv markaz hisobotidagi ikki kreativ: birida sifatli lid narxi (CPQL) 2,20 $ — 94 ta liddan 85 tasi sifatli, ikkinchisida 71,40 $ — 24 ta liddan 2 tasi sifatli.
O‘quv markaz, 02–08.10.2026: sifatli lid bir kreativda 2,20 $, boshqasida 71,40 $. Dastur ekrani.

Savol-javob

CPQL’ni Ads Manager’da ko‘rsa bo‘ladimi?

O‘z-o‘zidan — yo‘q: Ads Manager qaysi lid sifatli chiqqanini bilmaydi. CRM’dagi bosqich Conversions API orqali Meta’ga QualifiedLead nomli maxsus event bo‘lib yuborilsa, Ads Manager’da shu eventdan maxsus konversiya yaratib, kampaniyani sifatli lidga optimallashtirish mumkin.

Yaxshi CPQL qancha?

Yagona me’yor yo‘q: raqam sohaga va qaysi bosqich sifatli deb belgilanganiga bog‘liq. Bitta haftaning o‘zida (02–08.10.2026) avtomaktabda 2,64 $, o‘quv markazda 7,49 $ chiqqan. CPQL’ni boshqa biznes bilan emas, o‘z kreativlaringiz orasida va o‘tgan davr bilan solishtiring.

CPQL va CAC farqi nima?

CPQL saralangan lid narxini, CAC — to‘lagan mijoz narxini ko‘rsatadi. Avtomaktabning bir haftasida (02–08.10.2026) 335 ta sifatli lidga 36 ta sotuv to‘g‘ri kelgan: CPQL 2,64 $, CAC 24,58 $. CPQL past, CAC baland bo‘lsa — savol reklamaga emas, sotuv bo‘limiga.

Yangilandi:

CAPI’ni 3 kunda ulab beramiz

159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $. Lid integratsiyasi shu narx ichida.