Marketing agentligi uchun hisobot tizimi: har mijozga — alohida loyiha
CAPI Platform (capip.uz) — Meta reklamasini yuritadigan marketing agentligi uchun hisobot tizimi: har bir mijoz alohida loyiha bo‘lib ochiladi. Loyihaning o‘z reklama akkaunti, CRM’i (Bitrix24, amoCRM yoki capiCRM), sarfdan sotuvgacha hisoboti, CAPI signallari va Telegram chatlari bor. Egasi hamma loyihani ko‘radi, qolganlar — admin ham — o‘ziga ochilganlarini: mijoz xodimi faqat o‘zinikini, sotuv menejeri faqat capiCRM’ni. Agentlikning bitta Meta tokeni shu tashkilot ichidagi loyihalarga xizmat qiladi.
- Har mijozga — o‘z reklama akkaunti, CRM’i, hisoboti va Telegram chati
- Mijoz faqat o‘z loyihasini ko‘radi, boshqa mijozlarnikini emas
- Bitta Meta tizim foydalanuvchisi tokeni — tashkilot ichidagi loyihalarga
- Hisobot lidda tugamaydi: sifatli lid, sotuv, CAC va ROAS

Mijoz sotuvni so‘raydi, sizda esa — faqat Ads Manager
Agentlik reklama kabinetini ko‘radi, mijozning sotuv bo‘limi — CRM’ni. Oylik hisobot shu ikki manbani qo‘lda bir-biriga yopishtirishga aylanadi: Ads Manager’dan skrinshot, CRM’dan Excel.
Yozishma — tasvir uchun; raqamlar — real hisobotdan (avtomaktab, 02–08.10.2026). O‘sha haftada CRM’da 36 ta sotuv bo‘lgan; Meta o‘zi 863 ta lidni ko‘rgan, sotuvlarning birortasini ko‘rmagan. Mijoz loyiha bo‘lib ulangach, bu savolga agentlik ham, mijoz ham bitta hisobotdan javob oladi.
- Hisobotingizda 863 ta lid. Kassada men buni ko‘rmayapman.
- Lid narxi 1,03 $. Nechtasi sotib olgani CRM’da turibdi. Eksport qilib bera olasizmi?
- Menejerlar band. Qaysi reklama sotayotganini siz aytishingiz kerak-ku.
- Buning uchun CRM’dagi natija reklama yonida turishi kerak.
Bir kreativda sifatli lid 2,20 $, boshqasida — 71,40 $
Ikkinchi loyiha — o‘quv markaz. Shu haftada 2 470 $ sarflandi, 685 ta lid keldi (CPL 3,61 $): 330 tasi sifatli (48 %), 134 tasi sifatsiz. Ads Manager’da ikkala kreativ ham shunchaki “lid” beryapti. CRM’dagi bosqich qo‘shilganda farq 32 baravar chiqadi: sifatli lid bir kreativda 2,20 $, boshqasida 71,40 $. Mijoz bilan haftalik uchrashuvda gap lid soni haqida emas, shu jadval haqida ketadi.
- Lid sifatli yoki yo‘qligini agentlik ham, mijoz ham emas — CRM’dagi bosqich belgilaydi. U har loyihada alohida sozlanadi.
- Lid narxi deyarli bir xil ikki kreativ (2,79 $ va 2,97 $): birida 14 ta liddan 0 tasi sifatli, ikkinchisida 24 tadan 18 tasi.
- Byudjetni lid narxiga emas, sifatli lid va sotuvga qarab ko‘chirasiz — nega shunday qilganingizni mijoz ham ko‘radi.

Har loyihada nima alohida?
Loyiha — bitta biznesga ajratilgan joy. Tashkilot — agentligingizning platformadagi ish maydoni: jamoa va hamma loyiha shuning ichida. Raqamlar, lidlar va chatlar loyihalar o‘rtasida aralashmaydi; yagona umumiy narsa — agentlikning Meta tokeni, u haqida quyida.
Reklama akkaunti
Loyihaga mijozning Meta reklama akkaunti, sahifasi va dataset’i (Pixel) ulanadi. Akkaunt ikki va undan ko‘p bo‘lsa, har biriga yo‘nalish belgisi yoziladi — hisobotda turli akkauntdagi bir xil nomli kreativlar qo‘shilib ketmaydi.
CRM
Bitrix24, amoCRM yoki platformaning o‘z CRM’i — capiCRM; bitta loyihaga bitta CRM. Ulangan kuni oxirgi 30 kunlik tarix hisobotga yuklanadi, eski lidlar Meta’ga yuborilmaydi.
BatafsilHisobot
Xarajat → lid → sifatli lid → sotuv, har bir kreativ bo‘yicha. Valyuta, vaqt mintaqasi, oylik byudjet va hisobotdan chiqariladigan kampaniyalar har loyihada alohida belgilanadi.
BatafsilCAPI signallari
Qaysi bosqich QualifiedLead, qaysi biri Purchase ekani mijozning o‘z voronkasiga qarab belgilanadi. Signal shu loyihada ko‘rsatilgan dataset’ga ketadi; har loyihaning o‘z eventlar jurnali bor.
BatafsilLid formalar
Mijozning Meta lid formalaridagi arizalar uning CRM’iga o‘zi tushadi. Har forma alohida yoqiladi va sozlanadi: voronka, bosqich, mas’ul xodim.
BatafsilTelegram chatlari
Bitta loyihaga bir nechta chat ulanadi, har birining o‘z jadvali va tili bor: mijoz guruhiga haftalik hisobot, agentlikning ichki chatiga kunlik hisobot va ogohlantirishlar.
Batafsil
Bitta Meta tokeni — bir nechta mijoz
Agentlikning bitta tizim foydalanuvchisi (System User) hamma mijozga xizmat qilsa, uning tokenini har loyihaga qayta joylash shart emas: yangi loyihani ulashda “tashkilotdagi boshqa loyihaning tokeni”ni tanlaysiz. Token shifrlangan holda saqlanadi va tashkilotdan tashqariga chiqmaydi.
- Sharti bitta: mijozning reklama akkaunti va sahifasi o‘sha tizim foydalanuvchisiga biriktirilgan bo‘lishi kerak.
- Token faqat bitta tashkilot ichidagi loyihalar o‘rtasida ishlatiladi — boshqa tashkilotga o‘tmaydi.
- Loyihaga qaysi akkaunt va sahifa ulanishini faqat barcha loyihalarni ko‘radiganlar tanlaydi. Bitta mijoz bilan cheklangan xodim boshqa mijozning akkauntini ulay olmaydi.
- Signal o‘z loyihasida ko‘rsatilgan dataset’ga ketadi: har mijozning sotuvi — o‘zining Pixel’iga.

Kim nimani ko‘radi?
Rol butun tashkilot bo‘yicha beriladi, loyihalar ro‘yxati esa alohida sozlanadi. Hamma loyihani doim faqat egasi ko‘radi; qolganlarga — adminga ham — “Loyihalar” tugmasi bilan hammasi yoki faqat kerakli loyihalar ochiladi.
| Rol | Qaysi loyihalar | Nima qila oladi | Odatda kimga beriladi |
|---|---|---|---|
| Egasi | Hammasi | Hamma narsa, rollarni berish ham | Agentlik rahbari |
| Admin | Hammasi yoki faqat ochib berilganlari | Sozlamalar, ulanishlar, reklamani boshqarish; hamma loyiha ochiq bo‘lsa, a’zolarni taklif qiladi va chiqaradi | Bosh targetolog, akkaunt-direktor |
| A’zo | Hammasi yoki faqat ochib berilganlari | Sozlamalarni o‘zgartiradi; reklamani to‘xtatmaydi va yoqmaydi | Loyihani yuritadigan targetolog |
| Kuzatuvchi | Hammasi yoki faqat ochib berilganlari | Faqat ko‘radi | Mijoz rahbari yoki marketologi |
| Sotuv menejeri | Hammasi yoki faqat ochib berilganlari | Faqat capiCRM: lidlar, bitimlar, vazifalar. Reklama va hisobotni ko‘rmaydi | Mijozning sotuv bo‘limi — u capiCRM’da ishlasa |
Reklamani jadvaldan to‘xtatish va yoqish faqat egasi va adminga ochiq (Meta tokenida ads_management ruxsati kerak); kim nimani to‘xtatgani jurnalda qoladi. Yangi loyihani egasi yaratadi, shuningdek barcha loyihalar ochiq bo‘lgan admin yoki a’zo. Tashqi CRM’dan o‘qilgan telefon va e-mail platformada faqat xesh va niqoblangan raqam ko‘rinishida saqlanadi — roli qanday bo‘lmasin, hisobotda to‘liq raqamni hech kim ko‘rmaydi.
Mijozga skrinshot emas, o‘z loyihasini oching
Mijoz rahbarini kuzatuvchi roli bilan taklif qilasiz va unga faqat o‘z loyihasini ochasiz. U telefonida siz ko‘rayotgan hisobotning o‘zini ko‘radi: xarajat, lid, sifatli lid, sotuv, CAC. Boshqa mijozlaringiz unga ko‘rinmaydi — loyihalar ro‘yxatida ham, hisobotda ham. Ekranda — avtomaktab loyihasining 02–08.10.2026 haftasidagi hisoboti.
- Taklif — havola orqali: u taklif qilingan e-mailga bog‘langan va 14 kun amal qiladi; havolani o‘zingiz yuborasiz.
- Akkaunti yo‘q odam shu manzil bilan Google orqali ro‘yxatdan o‘tadi, akkaunti bor odam kirib taklifni qabul qiladi.
- Mijoz capiCRM’da ishlasa, uning menejerlari “sotuv menejeri” roli bilan faqat CRM’ni ko‘radi — crm.capip.uz manzilida.
- Hisobot brauzerda ochiladi, alohida ilova o‘rnatish shart emas; interfeys o‘zbek, rus va ingliz tilida.

Yangi mijozni qanday ulaysiz?
Tartib har mijozda bir xil — o‘rnatishning uch kuni ham shu qadamlardan iborat. O‘zingiz ulaysiz yoki ariza qoldirasiz — biz ulab beramiz.
- 1
Loyiha oching
Unga mijoz nomini bering. Hisobot valyutasi, vaqt mintaqasi va oylik reklama byudjetini belgilang.
- 2
Meta’ni ulang
Tokenni joylang yoki tashkilotdagi boshqa loyihaning tokenini tanlang. Keyin shu mijozning reklama akkaunti, sahifasi va dataset’ini (Pixel) belgilang.
- 3
CRM’ni ulang — 1-kun
Bitrix24 uchun kiruvchi webhook manzili, amoCRM uchun uzoq muddatli token kerak; CRM’i yo‘q mijozga capiCRM ochiladi. Hisobotga oxirgi 30 kunlik tarix yuklanadi; eski lidlar Meta’ga yuborilmaydi.
- 4
Bosqichlarni signalga bog‘lang — 2-kun
Qaysi bosqich sifatli lid, qaysi biri sotuv ekani mijoz bilan birga hal qilinadi. Keyin lid sifati haqidagi bahsda shu ta’rifga tayanasiz.
- 5
Sinov signalini yuboring — 3-kun
U token, dataset va yo‘lni tekshiradi. Shundan keyin
Lead,QualifiedLeadvaPurchaseMeta’ga o‘zi ketadi; har biri jurnalda holati bilan ko‘rinadi. - 6
Chat va odamlarni qo‘shing
Mijoz guruhiga haftalik hisobotni, o‘z ichki chatingizga kunlik hisobot va ogohlantirishlarni ulang. Mijoz xodimlarini havola orqali taklif qilib, ularga faqat shu loyihani oching.
Ikki loyiha birga: 13 613 $ xarajat, 15 613 ta CRM lidi
Platformada 2026-yil sentabridan beri ikki loyiha ishlayapti: avtomaktab va o‘quv markaz. Har biri — alohida loyiha, o‘z CRM’i va o‘z reklama akkaunti bilan. Quyida — ikkalasining 09.09–08.10.2026 dagi raqamlari, qo‘shib hisoblangan.
- loyihaavtomaktab va o‘quv markaz
- 2
- reklama xarajati hisobotda4 528 $ + 9 085 $
- 13 613 $
- CRM lidi hisobotda
- 15 613
- sifatli lid1 840 + 1 138
- 2 978
- Meta lidi CRM’ga yetkazildiyo‘qolgani — 0, navbat — 0, xato — 0
- 2 103
Davr: 09.09–08.10.2026. Lid yetkazish avtomaktabda 25.09 dan (1 790 ta lid), o‘quv markazda 05.10 dan (313 ta) ishlayapti; “yo‘qolgani — 0” — shu sanalardagi o‘lchov, kafolat emas. Ikki loyihaning iqtisodi har xil: reklama lidi avtomaktabda 1,07 $, o‘quv markazda 3,80 $, sifatli lidlar ulushi — 44 % va 48 %. Shuning uchun har loyihaning hisoboti alohida. Nomlar yashirin; har loyihaning o‘z raqamlari — keyslar sahifasida.
Har loyihada nimalar ishlaydi
Hisobot
Xarajat → lid → sifatli lid → sotuv, har bir kreativ bo‘yicha.
Conversions API
CRM’dagi natija Meta’ga signal bo‘lib qaytadi: QualifiedLead va Purchase.
Lid integratsiyasi
Meta lid formasidagi ariza mijozning CRM’iga o‘zi tushadi.
Telegram hisobotlar
Kunlik, haftalik yoki oylik — mijoz guruhiga va o‘z chatingizga.
capiCRM
CRM’i yo‘q mijoz uchun: lidlar, bitimlar va vazifalar.
Targetologlar uchun
Mijozlarni yakka o‘zingiz yuritsangiz.
Agentliklar ko‘p so‘raydigan savollar
Mijoz boshqa mijozlarning raqamlarini ko‘rib qolmaydimi?
Yo‘q. Egasidan boshqa hamma uchun — admin uchun ham — “Loyihalar” tugmasi bilan faqat kerakli loyihalar ochiladi: mijoz xodimi loyihalar ro‘yxatida ham, hisobotda ham faqat o‘zinikini ko‘radi. Shu sababli mijoz xodimiga egasi rolini bermang — egasi doim hamma loyihani ko‘radi.
Har bir mijoz uchun alohida Meta tokeni kerakmi?
Shart emas. Agentlikning bitta tizim foydalanuvchisi (System User) hamma mijozga xizmat qilsa, yangi loyihada tashkilotdagi boshqa loyihaning tokenini tanlaysiz. Mijozning reklama akkaunti va sahifasi o‘sha tizim foydalanuvchisiga biriktirilgan bo‘lishi kerak. Token shifrlangan holda saqlanadi va tashkilotdan tashqariga chiqmaydi. Mijoz o‘z tokenini bersa, uni o‘sha loyihaga joylash ham mumkin. Kerakli ruxsatlar ro‘yxati — integratsiyalar sahifasida.
Mijozlarim turli CRM’da ishlaydi. Bu xalaqit bermaydimi?
Yo‘q. Har loyihaga o‘z CRM’i ulanadi: bir mijozda Bitrix24, boshqasida amoCRM, CRM’i yo‘q mijozda — platformaning o‘z CRM’i capiCRM. Bitta loyihaga bitta CRM. Bosqichlar ham har loyihada alohida belgilanadi, chunki “sifatli lid” avtomaktabda bir narsa, o‘quv markazda boshqa narsa. Bitta cheklov: saytdagi forma arizalari faqat Bitrix24 va capiCRM’ga boradi, amoCRM’ga emas.
Hamma mijozni bitta ekranda ko‘rsa bo‘ladimi?
Loyihalar ro‘yxatida har mijozning kartasi turadi: oxirgi 7 kunning xarajati, lidlari, sifatli lidlari, CPQL, sotuvlari va tushumi. Ulanishda xato chiqsa yoki CRM 24 soatdan ortiq jim tursa, kartada ogohlantirish ko‘rinadi. Bir nechta loyihani bitta jadvalga qo‘shadigan yig‘ma hisobot yo‘q: har loyihaning valyutasi, voronkasi va “sifatli lid” ta’rifi o‘ziniki.
Xodim ishdan ketsa yoki mijoz bilan ish tugasa nima qilinadi?
Xodimni jamoadan chiqarasiz — u loyihalarni ko‘rolmay qoladi; hali qabul qilinmagan taklifni bekor qilish mumkin. Mijoz bilan ish tugasa, loyihani arxivlaysiz: u ro‘yxatdan chiqadi va CRM’dan keladigan webhooklar qabul qilinmaydi.
Faqat Meta reklamasimi? Google Ads yoki TikTok-chi?
Faqat Meta: Facebook va Instagram. Google Ads, TikTok va Yandex ulanmaydi. Boshqa manbalardan CRM’ga tushgan lidlar hisobotda kanal bo‘yicha ko‘rinadi, lekin xarajat va kreativ kesimi faqat Meta reklamasi uchun.
Mijozlarning ma’lumoti qanday saqlanadi?
Bitrix24 va amoCRM’dan o‘qilgan telefon va e-mail faqat SHA-256 xesh va niqoblangan raqam ko‘rinishida saqlanadi. Meta, CRM va Telegram kalitlari hamda capiCRM’dagi kontaktlar shifrlangan holda turadi. Meta’ga telefon va e-mail faqat xesh holida ketadi, ism esa umuman yuborilmaydi. Batafsil — maxfiylik siyosati.
Narxi qancha? Mijoz bir nechta bo‘lsa-chi?
E’lon qilingan narx: o‘rnatish — 159 $, bir marta (3 kun; lid integratsiyasi bonus sifatida shu narx ichida), keyin oyiga 40 $ — CAPI, hisobot, Telegram hisobotlar va oyiga 4 000 lidgacha lid integratsiyasi. Har mijozning CRM’i va voronkasi alohida ulanadi, shuning uchun bir nechta mijoz bilan kelsangiz, ariza qoldirib, loyihalaringiz soniga qarab hisob qanday bo‘lishini so‘rang. Batafsil: narxlar.
Birinchi mijozingizni alohida loyiha qilib oching
Google akkauntingiz bilan ro‘yxatdan o‘ting, loyiha yaratib, Meta va CRM’ni o‘zingiz ulang — yoki ariza qoldiring: 3 kunda ulab beramiz. O‘rnatish 159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $.