Asosiy matnga o‘tish
Lug‘at

Sifatli lid (qualified lead)

Ta’rif

Sifatli lid — sotuv bo‘limi bog‘lanib, xaridor bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagan lid. Buni reklama kabineti emas, CRM hal qiladi: lid “sifatli” deb belgilangan bosqichga o‘tgan paytda sifatli lid hisoblanadi.

Yana shunday yoziladi: sifatli lid, sifatli lid nima, sifatli lead, qualified lead, QualifiedLead, kvalifikatsiyalangan lid, maqsadli lid, сифатли лид, сифатли лид нима, качественный лид

Sifatli lid oddiy liddan nimasi bilan farq qiladi?

Lid — ariza qoldirgan har bir odam. Sifatli lid — ulardan sotuv menejeri gaplashib, saralab olgani: masalan, telefonni ko‘targan, xizmat unga kerak va keyingi qadamga rozi. Aniq mezonni har bir biznes o‘zi belgilaydi.

LidSifatli lid
Kim hal qiladiOdamning o‘zi: formani yuboradiSotuv menejeri: CRM’da bosqichga o‘tkazadi
Qayerda ko‘rinadiAds Manager va CRMFaqat CRM — Meta’ga yuborilmaguncha
NarxiCPLCPQL
Meta’ga boradigan eventLeadQualifiedLead

Kim hal qiladi: CRM’dagi bosqich

Sifat — fikr emas, voronkadagi bosqich. CAPI Platform’da har bir CRM bosqichiga ma’no beriladi: yangi lid, sifatli lid, sotuv, sifatsiz lid yoki “hisobga olinmaydi”. Sifatli lid bosqichiga QualifiedLead eventi biriktiriladi: lid shu bosqichga kirishi bilan hisobotda sifatli lid bo‘ladi va event Meta’ga Conversions API orqali ketadi — har bir lid uchun bir marta. Qaysi bosqich sifatli lid ekani ulash paytida mijoz bilan birga belgilanadi.

Voronka sozlamalari: CRM’dagi sifatli lid bosqichi hisobotda “Sifatli lid” deb belgilangan va Meta’ga QualifiedLead eventini yuboradi.
Voronka sozlamalari: CRM bosqichi “Sifatli lid” deb belgilangan va QualifiedLead eventini yuboradi. Dastur ekrani.
Formula · CPQL — bitta sifatli lid narxi

CPQL = reklama xarajati ÷ sifatli lidlar soni

Misol: Avtomaktab, 02–08.10.2026: 885 $ ÷ 335 ta sifatli lid = 2,64 $. Shu haftada bitta lid narxi 1,03 $ edi.

Misol: lid narxi deyarli bir xil, sifat — boshqa

O‘quv markaz, 02–08.10.2026: 685 ta liddan 330 tasi sifatli (48 %), CPQL — 7,49 $. Ichkarida farq katta. Lid narxi deyarli teng ikki kreativning birida (2,79 $) 14 ta liddan birortasi ham sifatli emas, ikkinchisida (2,97 $) 24 ta liddan 18 tasi sifatli. Sifatli lid bir kreativda 2,20 $ ga, boshqasida 71,40 $ ga tushgan — 32 baravar farq.

Savol-javob

Sifatli lid va sotuv bitta narsami?

Yo‘q. Sifatli lid — lid bilan sotuv orasidagi qadam: odam saralangan, lekin hali to‘lamagan. Avtomaktabning bir haftasida (02–08.10.2026) 335 ta sifatli lid va 36 ta sotuv qayd etilgan.

Sifatli lid foizi qancha bo‘lishi kerak?

Yagona me’yor yo‘q: foiz qaysi bosqich sifatli deb belgilanganiga bog‘liq. Ikki loyihada 30 kunda (09.09–08.10.2026) avtomaktabda 44 %, o‘quv markazda 48 % chiqqan. Foizni boshqa biznes bilan emas, o‘z kreativlaringiz orasida solishtirish foydaliroq.

Sifatli lid haqida Meta’ga qanday xabar beriladi?

Lid CRM’da sifatli bosqichga o‘tganda QualifiedLead eventi Conversions API orqali yuboriladi. Keyin Ads Manager’da shu eventdan maxsus konversiya yaratib, kampaniyani lid soniga emas, sifatli lidga optimallashtirish mumkin.

Yangilandi:

CAPI’ni 3 kunda ulab beramiz

159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $. Lid integratsiyasi shu narx ichida.