Meta reklama va CRM integratsiyasi platformasi
CAPI Platform (capip.uz) — Meta reklama va CRM integratsiyasi platformasi: Facebook va Instagram reklamasini Bitrix24, amoCRM yoki o‘z CRM’i — capiCRM bilan bog‘laydi. Meta lid formasidagi ariza CRM’ga o‘zi tushadi, CRM’dagi natija — sifatli lid va sotuv — Conversions API orqali Meta’ga qaytadi, hisobot esa har bir kreativ bo‘yicha xarajat, lid, sifatli lid va sotuvni ko‘rsatadi. Meta’da reklama berib, lidlarni sotuv bo‘limi orqali sotadigan biznes, targetolog va agentliklar uchun.
- Meta lid formasidagi har bir ariza — CRM’da, qaysi reklamadan kelgani bilan
- CRM’da bosqich o‘zgarsa — Meta’ga signal: Lead, QualifiedLead, Purchase
- Kreativ bo‘yicha xarajat → lid → sifatli lid → sotuv; xulosasi — Telegram’da

Platforma nima qiladi
Oltita qism — bitta zanjir: lid CRM’ga tushadi, CRM natijasi Meta’ga qaytadi, hisobot ikkalasini kreativ bo‘yicha birlashtiradi.
CRM natijasi Meta’ga qaytadi
CRM’da lid sifatli deb belgilansa yoki sotuv yopilsa, platforma QualifiedLead yoki Purchase signalini Conversions API orqali Meta’ga yuboradi. Signal bo‘lmasa, Meta forma to‘ldiradiganlarni qidiradi; signal bo‘lsa — sotib olganlarga o‘xshaganlarni.
BatafsilXarajatdan sotuvgacha hisobot
Har bir kampaniya, ad set va kreativ bo‘yicha xarajat, lid, sifatli lid, sotuv, CPL, CPQL, CAC va ROAS. Bir odamning takroriy arizalari telefon bo‘yicha birlashtiriladi: qatorlar emas, odamlar sanaladi.
BatafsilLidlar CRM’ga yetkaziladi
Meta lid formasidagi ariza ism, telefon va barcha javoblari bilan CRM’ga tushadi — qaysi reklamadan kelgani ko‘rinib turadi. Bitta lid bir marta yoziladi; yozib bo‘lmasa, 24 soatgacha qayta uriniladi.
BatafsilTelegram’da hisobot va ogohlantirish
Kunlik, haftalik yoki oylik xulosa guruhga yoki shaxsiy chatga keladi: jami raqamlar, eng yaxshi kreativlar va sifatli lidsiz pul sarflayotganlari. Ulanish uzilsa yoki lidlar CRM yo‘lida qolib ketsa — alohida ogohlantirish.
BatafsilcapiCRM — platformaning o‘z CRM’i
CRM’ingiz yo‘qmi? Lidlar va bitimlar doskasi, vazifalar, izohlar va qo‘ng‘iroq natijalari — platformaning o‘zida. Bosqich o‘zgarishi hisobotga ham, Meta’ga ham shu zahoti boradi.
BatafsilBitrix24 va amoCRM integratsiyasi
Bitrix24 kiruvchi webhook orqali, amoCRM (Kommo) uzoq muddatli token orqali ulanadi. Ulanganda so‘nggi 30 kunlik tarix hisobotga yuklanadi; eski lidlar Meta’ga yuborilmaydi.
Batafsil
Liddan Meta’gacha — besh qadam
Bitta lidning yo‘li: formadan CRM’ga, CRM’dan Meta’ga va hisobotga.
- 1
Odam lid formani to‘ldiradi
Facebook yoki Instagram’dagi reklamada. Saytingizdagi forma ham shu yo‘lga ulanadi: undan kelgan arizalar Bitrix24 yoki capiCRM’ga tushadi.
- 2
Lid CRM’ga tushadi
Platforma yangi lidni Meta xabar berishi bilan oladi, zaxira uchun formalarni har daqiqada o‘zi ham tekshiradi. Lid Bitrix24, amoCRM yoki capiCRM’da ismi, telefoni, javoblari va reklamasi bilan ochiladi.
- 3
Menejer lidni bosqichdan bosqichga o‘tkazadi
Sotuv bo‘limi CRM’da odatdagidek ishlaydi. Qaysi bosqich sifatli lidni, qaysi biri sotuvni bildirishini voronka sozlamasida bir marta belgilaysiz.
- 4
Platforma Meta’ga signal yuboradi
Lid belgilangan bosqichga kirishi bilan Conversions API orqali
Lead,QualifiedLeadyokiPurchasesignali ketadi. Telefon va email faqat SHA-256 xesh ko‘rinishida; sotuvga summa va valyuta qo‘shiladi. - 5
Natija hisobotda va Meta’da ko‘rinadi
Hisobot xarajat, lid, sifatli lid va sotuvni lid kelgan kreativga bog‘laydi. Meta esa kim sifatli lid va xaridor bo‘lganini biladi: Ads Manager’da shu signaldan custom conversion (maxsus konversiya) yaratib, reklamani unga optimizatsiya qilish mumkin.
Lid narxi emas — mijoz narxi ko‘rinadi
Avtomaktab, bir hafta (02–08.10.2026): 885 $ xarajat, 863 reklama lidi, 335 sifatli lid, 36 sotuv. Bitta lid 1,03 $ ga tushgan, sifatli lid — 2,64 $ ga, bitta mijoz — 24,58 $ ga. Uchala narx bitta ekranda va har bir kreativ uchun alohida turadi. Shu haftada 23 ta kreativ 386 $ — byudjetning 44 % i — sarflab, bitta ham sotuv bermagan.
- Kesim: kampaniya, ad set, e’lon yoki kreativ nomi bo‘yicha; bir xil nomli e’lonlar birlashtiriladi
- Davr: bugun, kecha, 7 yoki 30 kun, hafta, oy yoki o‘zingiz tanlagan sanalar — oldingi davr bilan solishtirib
- “E’tibor bering” bloki byudjetning 5 % va undan ko‘pini bitta ham sifatli lidsiz sarflagan kreativlarni ko‘rsatadi
- Reklamaga bog‘lanmagan lidlar yo‘qolmaydi: kanali va sababi bilan alohida turadi

Sifatli lid nima ekanini siz belgilaysiz
Voronka sahifasida CRM’ning har bir bosqichiga ma’no beriladi: yangi lid, sifatli lid, sotuv, sifatsiz lid yoki hisobga olinmaydi. Kerakli bosqichga Meta signali biriktiriladi — masalan, sifatli lid bosqichiga QualifiedLead. Bu bir marta sozlanadi; ulab berish xizmatida bosqichlarni ikkinchi kuni siz bilan birga belgilaymiz.
- Uchta signal:
Lead,Purchaseva maxsus nomli event —QualifiedLead - Bitta lid bo‘yicha har bir signal bir marta ketadi — bosqich oldinga-orqaga yursa ham
- Bitim to‘g‘ridan to‘g‘ri sotuvga yopilsa,
QualifiedLeadham yuboriladi Purchasebitim summasi bilan ketadi (summa kiritilgan bo‘lsa) — reklama akkaunti valyutasiga o‘girilgan holda

Har bir signal ko‘z oldingizda
Meta’ga ketgan har bir signal jurnalda turadi: vaqti, event nomi, lid, holati va urinishlar soni. Holat to‘rtta: navbatda, yuborildi, xato va o‘tkazib yuborildi — sababi bilan. Xato bo‘lgan signal 1 daqiqadan 24 soatgacha oraliq bilan qayta yuboriladi.
- “Sinov eventi yuborish” tugmasi token, Dataset va butun yo‘lni bitta zararsiz signal bilan tekshiradi
- CRM’dan kelgan webhooklar ham jurnalda: lidlar kelmay qolsa, birinchi shu yerga qaraladi
- Meta’ga telefon va email faqat SHA-256 xesh ko‘rinishida boradi, ism — hech qachon

30 kun, ikki loyiha
Avtomaktab va o‘quv markaz, 09.09–08.10.2026. Nomlar yashirin, raqamlar — platforma hisobotidan.
- reklama xarajati hisobotdaavtomaktab 4 528 $ + o‘quv markaz 9 085 $
- 13 613 $
- CRM lidi hisobotda
- 15 613
- sifatli lid1 840 + 1 138
- 2 978
- Meta lidi CRM’ga yetkazildiyo‘qolgani 0, navbatda 0, xato 0
- 2 103
Yetkazilgan lidlar avtomaktabda 25.09.2026 dan (1 790 lid), o‘quv markazda 05.10.2026 dan (313 lid) sanalgan. “Yo‘qolgani 0” — shu sanalardagi o‘lchov, kafolat emas. Batafsil — keyslar.
Platformaning ichida yana nima bor
Kampaniya yaratish
Lid formali Meta kampaniyasi platformaning o‘zida yig‘iladi: akkaunt, sahifa, forma, auditoriya, kunlik byudjet va bitta kampaniyada 5 tagacha e’lon. Hammasi to‘xtatilgan holda yaratiladi: “Yoqish”ni bosmaguningizcha pul sarflanmaydi. Optimizatsiya — lidga yoki, CAPI yoqilgan bo‘lsa, sifatli lidga. Cheklov: faqat USD yoki EUR’dagi reklama akkauntlari.
Jamoa va rollar
Bitta biznes — bitta loyiha: o‘z reklama akkaunti, CRM’i va Telegram chatlari bilan. Rollar: ega, admin, a’zo, kuzatuvchi va sotuv menejeri. Ega barcha loyihalarni ko‘radi, qolganlar — admin ham — hammasini yoki faqat ruxsat berilganlarini; sotuv menejeri faqat capiCRM’ni ko‘radi, reklama va hisobotni emas. Jamoaga havola orqali taklif qilinadi. Batafsil — agentliklar uchun.
Sayt uchun kuzatuv kodi
Saytga qo‘yiladigan bitta skript UTM belgilari,
fbclid,_fbcva_fbpni tashrif buyuruvchining brauzerida 90 kun saqlaydi va har bir formaga yashirin maydon qilib qo‘shadi. Shaxsiy ma’lumotni o‘qimaydi, hech qayerga hech narsa yubormaydi. Saytdan kelgan ariza Bitrix24 yoki capiCRM’ga tushadi — UTM belgilari reklamani ko‘rsatsa, reklamasi bilan.
Qaysi CRM bilan nima ishlaydi
Reklama tizimi bitta — Meta (Facebook va Instagram). Bitta loyihaga bitta CRM ulanadi. Interfeys o‘zbek, rus va ingliz tillarida.
| Imkoniyat | Bitrix24 | amoCRM | capiCRM |
|---|---|---|---|
CRM bosqichi → Meta signali (Lead, QualifiedLead, Purchase) | Ha | Ha | Ha |
| Kreativ bo‘yicha hisobot: xarajat → lid → sifatli lid → sotuv | Ha | Ha | Ha |
| Meta lid formasidagi lidlarni CRM’ga yetkazish | Ha | Ha | Ha |
| Saytdagi formadan kelgan arizalar | Ha | Yo‘q | Ha |
| Telegram’da hisobot va ogohlantirish | Ha | Ha | Ha |
| Qanday ulanadi | Kiruvchi webhook (crm huquqi) | Uzoq muddatli token | Ulash shart emas — platformaning ichida |
Batafsil: Bitrix24 integratsiyasi, amoCRM integratsiyasi.
Platforma kimga kerak
Biznes egasiga
Meta’da reklama berasiz, lidlar bilan sotuv bo‘limi ishlaydi. Qaysi kreativ sotuv keltirayotgani va bitta mijoz qanchaga tushayotgani ko‘rinadi.
Targetologga
Mijozga lid narxini emas, sifatli lid va sotuv narxini ko‘rsatasiz — reklamani esa CRM’dan kelgan signalga optimizatsiya qilasiz.
Agentlikka
Har bir mijozga alohida loyiha, xodimlarga rol: mijoz faqat o‘z loyihasini ko‘radi.
Ko‘p beriladigan savollar
CAPI Platform qaysi CRM va reklama tizimlari bilan ishlaydi?
Reklama tomonda — faqat Meta: Facebook va Instagram. Google Ads, TikTok va Yandex ulanmaydi. CRM tomonda — Bitrix24, amoCRM yoki platformaning o‘z CRM’i capiCRM; bitta loyihaga bittasi ulanadi. Meta lid formasidagi lidlar uchala CRM’ga yetkaziladi, saytdagi forma arizalari — Bitrix24 va capiCRM’ga. Batafsil — integratsiyalar.
Saytim yo‘q, faqat lid forma bilan ishlayman. Platforma menga to‘g‘ri keladimi?
Ha. Sayt ham, Pixel ham shart emas: lid formadan kelgan lid CRM’ga Meta lid ID’si bilan tushadi, natija signali esa shu ID va telefon xeshi bilan Meta’ga boradi. Batafsil — saytsiz Conversions API.
O‘zim ulaymanmi yoki siz ulab berasizmi? Qancha vaqt ketadi va qancha turadi?
Ikkala yo‘l ham bor. Ro‘yxatdan o‘tish Google akkaunt orqali ochiq: loyiha qo‘shib, Meta va CRM’ni o‘zingiz ulaysiz — buning uchun Meta tizim foydalanuvchisi tokeni va CRM kaliti kerak. Yoki biz ulab beramiz — 3 kunda: 1-kuni CRM ulanadi, 2-kuni bosqichlar signallarga bog‘lanadi, 3-kuni sinov signali ketadi. Narxi: 159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $ — CAPI, hisobot, Telegram hisobotlar va oyiga 4 000 lidgacha lid integratsiyasi. Sizdan — CRM va Meta reklama akkauntiga kirish huquqi. Batafsil — narxlar.
Ulashdan oldingi lidlar va sotuvlar Meta’ga yuboriladimi?
Yo‘q. CRM ulanganda so‘nggi 30 kunlik tarix faqat hisobotga yuklanadi. Meta’ga faqat ulangandan keyingi hodisalar boradi: platforma lidni yaratilganidan 24 soatdan ko‘proq vaqt o‘tib birinchi marta ko‘rsa, u bo‘yicha signal yuborilmaydi; 7 kundan eski hodisa ham yuborilmaydi.
Mijozlarimning telefon raqami va ismi qayerga boradi?
Meta’ga telefon va email faqat SHA-256 xesh ko‘rinishida boradi, ism umuman yuborilmaydi. Bitrix24 yoki amoCRM’dan o‘qilgan kontaktlar platformada faqat xesh va qisman yashirilgan telefon (+99890•••••67) ko‘rinishida saqlanadi; CRM kalitlari va capiCRM kontaktlari shifrlangan holda turadi. Lid forma javoblari qayta yuborish uchun 7 kun shifrlangan holda saqlanadi, keyin o‘chiriladi. Batafsil — maxfiylik siyosati.
Ikki yo‘l: o‘zingiz ko‘ring yoki bizga topshiring
Google akkauntingiz bilan ro‘yxatdan o‘ting va platformani ichidan ko‘ring. Yoki ism va telefoningizni qoldiring — bog‘lanamiz va 3 kunda ulab beramiz: 159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $.