Asosiy matnga o‘tish
Lug‘at

Sotuv voronkasi (savdo voronkasi)

Ta’rif

Sotuv voronkasi — odam reklamani ko‘rgan paytdan to‘lovgacha o‘tadigan bosqichlar ketma-ketligi; har bosqichda odamlar soni kamaygani uchun voronka deyiladi. CRM’da voronka — lid yoki bitim o‘tadigan bosqichlar ro‘yxati.

Yana shunday yoziladi: sotuv voronkasi, savdo voronkasi, sotuvlar voronkasi, voronka, CRM voronkasi, sales funnel, pipeline, воронка продаж, сотув воронкаси, савдо воронкаси

Sotuv voronkasi nima degani?

Sotuv voronkasi (“savdo voronkasi” ham deyiladi) — mijozning yo‘li: reklamani ko‘rdi, ariza qoldirdi, menejer bilan gaplashdi, to‘ladi. Tepada odam ko‘p, pastda kam — shakli voronkaga o‘xshaydi. Bitrix24, amoCRM yoki capiCRM’da voronka — aniq bosqichlar ro‘yxati: sotuv menejeri har bir lidni bosqichdan bosqichga o‘tkazadi.

Voronka qanday bosqichlardan iborat?

BosqichNima bo‘ladiQayerda ko‘rinadi
Ko‘rsatish va klikOdam reklamani ko‘radi va bosadiAds Manager
LidAriza qoldiradi: lid forma yoki saytAds Manager va CRM
Sifatli lidMenejer bog‘lanib, saralaydiFaqat CRM
SotuvOdam to‘laydiFaqat CRM

Bosqich nomlari har bir biznesda boshqacha: “Yangi”, “Bog‘lanildi”, “Uchrashuv”, “To‘lov kutilmoqda”. Hisob uchun nom emas, ma’no muhim. CAPI Platform’da har bir CRM bosqichiga ma’no beriladi: yangi lid, sifatli lid, sotuv, sifatsiz lid yoki “hisobga olinmaydi”. Sifatsiz lid voronkadan chiqib ketadi: o‘quv markazning bir haftasida (02–08.10.2026) 685 ta liddan 134 tasi sifatsiz chiqqan.

Formula · Bosqich konversiyasi

Konversiya = keyingi bosqichga o‘tganlar ÷ oldingi bosqichdagilar × 100 %

Misol: Avtomaktab, 02–08.10.2026: 335 ÷ 863 = 39 %; 36 ÷ 335 = 11 %.

Misol: 863 ta lid → 335 ta sifatli lid → 36 ta sotuv

Hisobotdagi voronka: 863 ta reklama lidi, ulardan 335 tasi sifatli (39 %) va 36 tasi sotuv (sifatlilarning 11 %); har bosqich yonida CRM’dagi jami son.
Hisobotdagi voronka: 863 ta reklama lidi → 335 ta sifatli (39 %) → 36 ta sotuv (sifatlilarning 11 %). Avtomaktab, 02–08.10.2026. Dastur ekrani.

Avtomaktab shu haftada reklamaga 885 $ sarfladi. Har qadamda son kamayadi, narx oshadi: bitta lid — 1,03 $, bitta sifatli lid — 2,64 $, bitta mijoz — 24,58 $. Birinchi foiz (39 %) reklama qanday odamlarni olib kelayotganini ko‘rsatadi, ikkinchisi (11 %) — sifatli lid bilan keyin nima bo‘layotganini.

Savol-javob

Sotuv voronkasi va CRM voronkasi bitta narsami?

Deyarli. Sotuv voronkasi — butun yo‘l, birinchi ko‘rsatishdan to‘lovgacha. CRM voronkasi — uning lid kelganidan keyingi qismi, bosqichlarga bo‘lingan ish quroli. Bitrix24’da bu ko‘pincha ikki qadam: avval Lid, keyin Bitim. CAPI Platform ikkalasini bitta lid sifatida kuzatadi.

Voronka konversiyasi qancha bo‘lishi kerak?

Yagona me’yor yo‘q: foiz qaysi bosqich sifatli deb belgilanganiga, narxga va sotuv sikliga bog‘liq. Ikki loyihaning 30 kuni (09.09–08.10.2026): avtomaktabda 4 221 ta liddan 1 840 tasi sifatli (44 %), 183 ta sotuv; o‘quv markazda 2 393 ta liddan 1 138 tasi sifatli (48 %), 118 ta sotuv. Boshqa biznes bilan emas, o‘z haftalaringiz va kreativlaringizni o‘zaro solishtiring.

Voronka bosqichlari Meta’ga qanday yetkaziladi?

Bosqichga event bog‘lanadi: Lead, QualifiedLead (maxsus event nomi) yoki Purchase. Lid shu bosqichga kirishi bilan event Conversions API orqali Meta’ga ketadi — har bir lid uchun bir marta. Qaysi bosqich nimani anglatishini ulash paytida mijoz bilan birga belgilaymiz.

Yangilandi:

CAPI’ni 3 kunda ulab beramiz

159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $. Lid integratsiyasi shu narx ichida.