Meta Pixel (Facebook Pixel)
Meta Pixel (Facebook Pixel, piksel) — sayt sahifalariga qo‘yiladigan JavaScript kodi: u tashrif buyuruvchining brauzerida ishlaydi va saytdagi harakatni — sahifa ochilishi, tugma bosilishi, forma yuborilishini — Meta’ga event qilib yuboradi. Saytdan tashqarida bo‘lgan narsani Pixel ko‘rmaydi.
Yana shunday yoziladi: Meta Pixel, Facebook Pixel, pixel, piksel, Facebook piksel, Meta piksel, Instagram pixel, FB pixel, pixel kodi, пиксель, пиксел, фейсбук пиксель, мета пиксель
Meta Pixel qanday ishlaydi?
Kod saytning har bir sahifasiga qo‘yiladi. Odam sahifani ochganda Pixel uning brauzerida ishga tushadi va Meta’ga event yuboradi: sahifa ko‘rildi, forma yuborildi (Lead), xarid bo‘ldi (Purchase). Odamni u brauzerdagi cookie orqali taniydi: _fbp — brauzer, _fbc — reklama bosilishi. Meta shu eventlar bo‘yicha reklamani o‘lchaydi va optimallashtiradi.
Pixel nimani ko‘ra olmaydi?
Pixel faqat o‘zi turgan sahifada bo‘lgan narsani ko‘radi. Lid bilan ishlaydigan biznesda esa asosiy natija saytdan tashqarida bo‘ladi.
| Hodisa | Qayerda bo‘ladi | Pixel ko‘radimi |
|---|---|---|
| Saytdagi forma yuborildi | Sayt sahifasida | Ha |
| Lid forma to‘ldirildi | Facebook yoki Instagram ichida | Yo‘q |
| Menejer lidni sifatli deb belgiladi | CRM’da | Yo‘q |
| Mijoz to‘lov qildi | Ofisda, CRM’da | Yo‘q |
Saytning o‘zida ham Pixel hammasini ko‘rmaydi. Safari JavaScript orqali qo‘yilgan cookie’ni 7 kun bilan cheklaydi (WebKit, 2019). GWI ma’lumotiga ko‘ra, internet foydalanuvchilarining 29,5 % kamida ba’zan reklama bloklagich ishlatadi (2025-yil 2-chorak); bloklagich Pixel kodini yuklatmasligi mumkin.
Misol: Pixel yo‘q joydagi 36 ta sotuv
Avtomaktab, 02–08.10.2026: reklamadan 863 ta lid, ulardan 335 tasi sifatli, 36 tasi sotuv. Sifatli lid ham, sotuv ham CRM’da qayd etilgan — u yerda Pixel yo‘q.
Shu haftada bir kreativ 0,87 $ dan 79 ta lid berdi va birorta ham sotuv bermadi; boshqasi 1,28 $ dan 77 ta lid va 5 ta sotuv berdi. Bu farq ham faqat CRM’da ko‘rinadi. Natijani Meta’ga Conversions API yetkazadi: u brauzerdan emas, serverdan ishlaydi.

Savol-javob
Sayt bo‘lmasa, Pixel kerakmi?
Pixel kodi kerak emas — uni qo‘yadigan sahifa yo‘q. Lekin Meta Events Manager’da dataset ochiladi: CRM’dan ketadigan eventlar shunga yoziladi. CAPI Platform’da bu maydon “Dataset (Pixel) ID” deb ataladi. Tartibi — saytsiz Conversions API maqolasida.
Pixel va Conversions API’ning farqi nimada?
Pixel signalni mijozning brauzeridan yuboradi va saytdagi harakatni ko‘radi. Conversions API signalni serverdan yuboradi va CRM’dagi natijani — sifatli lid va sotuvni — yetkazadi. Sayt bo‘lsa, ikkalasi birga ishlaydi: taqqoslash jadvali.
Facebook Pixel va Meta Pixel bitta narsami?
Ha. Facebook Pixel — eski nomi, Meta Pixel — hozirgisi; o‘zbekcha “piksel” deb ham yoziladi. Kod va vazifa bir xil: saytdagi harakatni Meta’ga yuborish.
Bog‘liq atamalar va sahifalar
- Conversions API (CAPI)Conversions API (CAPI) — Meta’ning server interfeysi: biznes sayt yoki CRM’dagi hodisalarni — lid, sifatli lid, sotuv — brauzersiz, serverdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Meta’ga yuboradi. Meta shu signallar bo‘yicha Facebook va Instagram reklamasini o‘lchaydi va optimallashtiradi.
- Event Match Quality (EMQ)Event Match Quality (EMQ) — Meta’ning 10 ballik bahosi: server orqali yuborilgan event bilan kelgan mijoz ma’lumoti uni Meta akkauntiga bog‘lashga qanchalik yaroqli ekanini ko‘rsatadi. Baho Meta Events Manager’da ko‘rinadi va lid sifatini emas, moslikni o‘lchaydi.
- Lid forma (Meta Instant Form)Lid forma (Meta Instant Form) — Facebook yoki Instagram reklamasining o‘zida ochiladigan ariza formasi: odam saytga o‘tmasdan ismi, telefoni va savollarga javobini qoldiradi. Har bir ariza Meta’da o‘z lid ID’si bilan saqlanadi.
- Atributsiya (lidni reklamaga bog‘lash)Atributsiya — lid yoki sotuvni uni keltirgan reklamaga (kampaniya, ad set, e’lon) bog‘lash. Usiz xarajat reklama kabinetida, sotuv CRM’da alohida turadi va qaysi kreativ pul keltirgani ko‘rinmaydi.
- Facebook Pixel va Conversions API: farqi nimada va qaysi biri kerak?Pixel saytdagi harakatni ko‘radi, Conversions API CRM’dagi sotuvni yuboradi. Taqqoslash jadvali, avtomaktabning haftalik raqamlari va CRM bo‘lsa CAPI’ni ulash tartibi.
- Saytsiz Conversions API: lid forma va CRM bo‘lsa, CAPI qanday ulanadi?Sayt yo‘q, faqat lid forma va CRM bormi? Conversions API shunda ham ishlaydi: Meta lid ID’si — kalit, CRM bosqichi — signal. Meta talablari, qadamlar va muddatlar.
- Conversions APIConversions API (CAPI) nima, Pixel’dan farqi nimada va CRM’dagi sifatli lid hamda sotuv Meta’ga qanday yuboriladi: uchta signal, jadval va real raqamlar.
Yangilandi:
CAPI’ni 3 kunda ulab beramiz
159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $. Lid integratsiyasi shu narx ichida.