Asosiy matnga o‘tish
Lug‘at

Lid forma (Meta Instant Form)

Ta’rif

Lid forma (Meta Instant Form) — Facebook yoki Instagram reklamasining o‘zida ochiladigan ariza formasi: odam saytga o‘tmasdan ismi, telefoni va savollarga javobini qoldiradi. Har bir ariza Meta’da o‘z lid ID’si bilan saqlanadi.

Yana shunday yoziladi: lid forma, lid forma nima, lid formasi, lead form, Instant Form, Meta Instant Form, Facebook lid forma, Instagram lid forma, Lead Ads, лид форма, лид форма нима, лид-форма

Lid forma qanday ishlaydi?

Meta’da u Instant Form deb ataladi, targetologlar esa “lid forma” deydi. Odam reklamadagi tugmani bosadi — forma Facebook yoki Instagram ichida ochiladi. Ism va telefon profildan o‘zi to‘ladi, odam reklama beruvchi qo‘shgan savollarga javob beradi va formani yuboradi. Sayt kerak emas. Ariza Meta’da qoladi: uni CRM’ga qo‘lda yoki integratsiya orqali o‘tkazish kerak.

Lid forma nimani yig‘adi?

Ma’lumotQayerdan keladi
Ism, telefon, emailForma maydonlari; odatda profildan o‘zi to‘ladi
Savollarga javoblarReklama beruvchi formaga qo‘shgan savollar
Lid IDMeta har bir arizaga beradigan raqam
E’lon, ad set, kampaniyaAriza qaysi reklamadan kelgani

Lid ID nima uchun kerak?

Lid ID — Meta har bir arizaga beradigan 15–17 xonali raqam; Meta hujjatlari uni CRM’da saqlashni so‘raydi. U uchta ishga yaraydi:

  • Takrorsiz yetkazish. Bitta lid ID — CRM’da bitta yozuv.
  • Reklamaga bog‘lash. CRM’dagi lid ID — lidni aniq e’longa bog‘lashning eng ishonchli usuli.
  • Natijani Meta’ga qaytarish. Lid sifatli bosqichga yoki sotuvga o‘tganda Conversions API eventi shu ID bilan ketadi: Meta lidni taniydi, sayt va cookie shart emas.

Misol: 2 103 ta lid CRM’ga yetkazildi

Ikki loyihada CAPI Platform lid formalardan kelgan 2 103 ta lidni CRM’ga yetkazdi: avtomaktabda 25.09.2026 dan beri 1 790 ta, o‘quv markazda 05.10.2026 dan beri 313 ta (08.10.2026 holatiga). Yo‘qolgani — 0, navbatda — 0, xato — 0. Bu shu sanalardagi o‘lchov, kafolat emas. Lid Meta webhook’i orqali keladi; zaxira uchun platforma har daqiqada o‘zi tekshiradi.

Savol-javob

Lid formadagi lidlar CRM’ga qanday tushadi?

Uch yo‘l bor: Meta’dan qo‘lda yuklab olish, oraliq integrator xizmati yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya. CAPI Platform lid formadagi arizalarni Bitrix24, amoCRM yoki capiCRM’ga taxminan bir daqiqada yetkazadi: ism, telefon, javoblar va e’loni bilan, har bir lid bir marta. Batafsil — lid integratsiyasi sahifasida.

Lid forma yaxshimi yoki saytdagi forma?

Meta’ning 2024-yil 18-apreldagi xabariga ko‘ra, 15 ta A/B testda lid formalar sayt formalariga nisbatan sifatli lidni 20 % arzon bergan (Meta’ning o‘z ma’lumoti, ishonch darajasi 86 %). Bu sizning natijangiz emas: o‘z javobingizni CRM’dagi sifatli lid narxi beradi.

Sayt bo‘lmasa ham Conversions API ishlaydimi?

Ha. Lid formadan kelgan lidni Meta lid ID bo‘yicha taniydi, shuning uchun CRM’dagi natijani (QualifiedLead, Purchase) saytsiz ham yuborish mumkin. Qadamlari — saytsiz Conversions API maqolasida.

Yangilandi:

CAPI’ni 3 kunda ulab beramiz

159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $. Lid integratsiyasi shu narx ichida.