Asosiy matnga o‘tish
CAPI Platform logotipi

CAPI Platform

Meta reklamasini CRM bilan bog‘lash

Qaysi reklama sotuv keltiryapti?

CAPI Platform Meta (Facebook va Instagram) reklamasini CRM bilan bog‘laydi: Bitrix24, amoCRM yoki o‘zining capiCRM’i. Har bir kreativ bo‘yicha xarajat, lid va sotuvni bitta hisobotda ko‘rsatadi, CRM’dagi natijani esa Conversions API orqali Meta’ga qaytaradi.

Telefondagi hisobot: xarajat 885 $, reklama lidlari 863, sifatli lidlar 335, sotuvlar 36 va lid → sifatli lid → sotuv voronkasi.
Xarajat885 $
Sotuvlar36
Real hisobot: avtomaktab, 02–08.10.2026
Avtomaktab · 02–08.10.2026

79 ta lid — 0 ta sotuv

Bir kreativ lidni 0,87 $ dan beryapti: Ads Manager’da u “eng yaxshi” reklama. CRM’da esa undan bitta ham sotuv yo‘q. Yonidagi kreativda lid 1,28 $ — 47 % qimmat, lekin 77 ta liddan 26 tasi sifatli chiqdi va 5 tasi sotib oldi. Ikkalasi bitta loyihada, bitta haftada ishlagan.

ta sotuv79 ta lid, har biri 0,87 $
0
ta sotuv77 ta lid, har biri 1,28 $
5

Shu haftada 23 ta kreativ 386 $ — byudjetning 44 % — sarfladi va bitta ham sotuv bermadi. Meta o‘zi 863 ta lidni ko‘rdi, 36 ta sotuvning birortasini ko‘rmadi.

Hisobot qanday ishlaydi
Hisobotdagi ikki kreativ: birida 79 ta lid 0,87 $ dan va 0 ta sotuv, ikkinchisida 77 ta lid 1,28 $ dan va 5 ta sotuv.
Ikki kreativ, bitta hafta. Dastur ekrani.
Liddan Meta’gacha

Qanday ishlaydi: uch qadam

Ro‘yxatdan o‘tib, o‘zingiz ulaysiz — yoki ariza qoldirasiz va 3 kunda ulab beramiz.

  1. 1

    Meta va CRM ulanadi

    Reklama akkaunti va CRM — Bitrix24, amoCRM yoki capiCRM — platformaga ulanadi. So‘nggi 30 kun tarixi hisobotga yuklanadi; eski lidlar Meta’ga yuborilmaydi.

  2. 2

    Bosqichlar signalga bog‘lanadi

    Qaysi bosqich sifatli lid, qaysi biri sotuv ekani bir marta belgilanadi. Shundan keyin menejer bosqichni o‘zgartirsa, Meta’ga QualifiedLead yoki Purchase signali boradi.

  3. 3

    Hisobot sotuvni ko‘rsatadi

    Har bir kreativ yonida xarajat, lid, sifatli lid va sotuv turadi. Qisqa xulosa Telegram’ga o‘zi keladi.

Natijalar

Ikki loyiha, real raqamlar

Avtomaktab va o‘quv markaz, 02–08.10.2026 haftasi. Nomlar yashirin, raqamlar — platformadagi hisobotdan.

sotuv — 885 $ xarajatdanavtomaktab, CAC 24,58 $
36
ROASavtomaktab: CRM’da qayd etilgan tushum 5 297 $
5,99×
sifatli lid narxidagi farqo‘quv markaz: 2,20 $ va 71,40 $
32×
Meta lidi CRM’ga yetkazildiikki loyihada, yo‘qolgani 0
2 103

Bu — ikki loyihaning o‘lchangan raqamlari, natija va’dasi emas. Yetkazilgan lidlar 25.09–08.10.2026 oralig‘ida sanalgan; “yo‘qolgani 0” — shu kunlardagi o‘lchov, kafolat emas. Batafsil — keyslar.

Narx

159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $

O‘rnatish — 159 $, bir marta: 3 kunda CRM’ni ulaymiz, bosqichlarni signallarga bog‘laymiz va sinov signali bilan tekshiramiz. Lid integratsiyasi — bonus, shu narx ichida. Keyin oyiga 40 $: CAPI, hisobot, Telegram hisobotlar va oyiga 4 000 tagacha lid uchun lid integratsiyasi.

Narxlar batafsil
o‘rnatish · bir marta
159 $
keyin · oyiga
40 $
ulash muddati
3 kun
lidgacha har oy · lid integratsiyasi
4 000
Savol-javob

Ko‘p beriladigan savollar

CAPI Platform nima?

CAPI Platform (capip.uz) — Meta (Facebook va Instagram) reklamasini CRM bilan bog‘laydigan platforma. U CRM’dagi natijalarni — Lead, QualifiedLead, Purchase — Conversions API orqali Meta’ga yuboradi va har bir kreativ bo‘yicha xarajat, lid, sifatli lid va sotuvni ko‘rsatadi. Batafsil: imkoniyatlar.

Qaysi CRM va qaysi reklama platformasi bilan ishlaydi?

CRM: Bitrix24, amoCRM yoki platformaning o‘z CRM’i — capiCRM; bitta loyihaga bitta CRM ulanadi. Reklama platformasi bitta — Meta (Facebook va Instagram). Batafsil: integratsiyalar.

Narxi qancha?

O‘rnatish — 159 $, bir marta: 3 kunda tayyor, lid integratsiyasi bonus. Keyin oyiga 40 $: CAPI, hisobot, Telegram hisobotlar va oyiga 4 000 tagacha lid uchun lid integratsiyasi. Batafsil: narxlar.

Ulash qancha vaqt oladi va mendan nima kerak?

3 kun. 1-kuni CRM ulanadi, 2-kuni qaysi bosqich sifatli lid, qaysi biri sotuv ekanini birga belgilaymiz, 3-kuni sinov signali yuboriladi. Sizdan — CRM’ga va Meta reklama akkauntiga kirish.

Mijozlarim ma’lumoti xavfsizmi?

Meta’ga telefon va e-pochta faqat SHA-256 xesh ko‘rinishida boradi, ism hech qachon yuborilmaydi. Tashqi CRM’dagi kontaktlar platformada faqat xesh va yashirilgan telefon ko‘rinishida saqlanadi; kirish kalitlari va capiCRM kontaktlari — shifrlangan holda.

Akkaunt

Kirish va ma’lumotlaringiz

Tizimga Google akkauntingiz bilan kirishingiz mumkin. Google'dan platforma faqat ismingiz, email manzilingiz va akkauntingizning Google'dagi identifikatorini oladi: akkaunt ochish, keyingi kirishda sizni tanish va jamoangizga kimligingizni ko'rsatish uchun.

Kontaktlaringiz, pochtangiz, kalendaringiz yoki fayllaringizga ruxsat so'ralmaydi, Google kirish kaliti saqlanmaydi, profil rasmi ham saqlanmaydi. Google'dan olingan ma'lumotlar sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.

Maxfiylik siyosati

CAPI’ni 3 kunda ulab beramiz

Ro‘yxatdan o‘tib, Meta va CRM’ni o‘zingiz ulang — yoki ariza qoldiring: bog‘lanib, hammasini tushuntirib beramiz. O‘rnatish — 159 $ bir marta, keyin oyiga 40 $.